Online appeal

Report of corruption

Cancel Report

The VI Tashkent Anti-Corruption Forum Held

More
The VI Tashkent Anti-Corruption Forum Held

The VI Tashkent Anti-Corruption Forum Held

More
The VI Tashkent Anti-Corruption Forum Held

The VI Tashkent Anti-Corruption Forum Held

More
The VI Tashkent Anti-Corruption Forum Held

Memorandum of Understanding Signed with the Independent Anti-Corruption Authority of Mongolia

More
Memorandum of Understanding Signed with the Independent Anti-Corruption Authority of Mongolia
1794 241 For print

Davlat xizmatchilarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi holatlariga chek qo'yilmoqda

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan vazirlik va idoralar, davlat muassasalari va tashkilotlar xodimlarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish holatlari yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazib kelinmoqda.

Xususan, “Mikrokreditbank” ATB, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB hamda “Turonbank” ATB va ularning tizim tashkilotlari o‘rganilganda ularning 148 nafar boshqaruv xodimi 155 ta tadbirkorlik subyektida taʼsischilik asosida faoliyat yuritib kelayotganligi aniqlandi.

Jumladan, “Mikrokreditbank” ATBning 94 nafar boshqaruv xodimi 96 ta tadbirkorlik subyektida, “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning 41 nafar boshqaruv xodimi 46 ta tadbirkorlik subyektida hamda “Turonbank” ATBning 13 nafar boshqaruv xodimi 13 ta tadbirkorlik subyektida taʼsischi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.

Yuqoridagi qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha Agentlik tomonidan mazkur banklarga taqdimnomalar kiritildi.

O‘z navbatida, banklar tomonidan taqdimnomalar tanqidiy muhokama qilingan holda tadbirkorlik subyektlarida taʼsischilik qilayotgan xodimlarga nisbatan ogohlantirish xatlari berilib, qayd etilgan qonunbuzilishi holatlari bartaraf etilmoqda.

❗️Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunlarida davlat fuqarolik xizmatchisi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi taqiqlangan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

1794 241 For print

Other news

All news