Virtual reception

Davlat xaridlarida qonunbuzilishi holatlari aniqlandi 

Top news 2 785 views

This material is so far published only in: Özbekça

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi qator davlat xaridlarida qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. Xususan:

“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ buyurtmachiligida 20 mart kuni Qashqadaryo viloyatida paxta maydonlarini tomchilatib sug‘orish tizimini o‘rnatish yuzasidan o‘tkazilgan 9,4 mlrd so‘mlik;

"Oqdaryo tuman yo‘llardan foydalanish" korxonasi buyurtmachiligida 28-mart kuni qurilish ishlarida foydalanish uchun sheben (chaqilgan tosh) mahsulotini sotib olishyuzasidan o‘tkazilgan 2,5 mlrd so‘mlik

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti buyurtmachiligida 12-mart kuni 100 nafar talabaga ingliz tilini o‘rgatish xizmatini ko‘rsatish yuzasidan o‘tkazilgan 150 mln so‘mlik davlat xaridlarida qonunchilik talablariga zid ravishda affillangan shaxslar g‘oliblikni qo‘lga kiritganligi maʼlum bo‘ldi.

Shuningdek:

“Hududgaztaʼminot” AJ buyurtmachiligida 7-mart kuni soliq maslahati xizmatini ko‘rsatish yuzasidano‘tkazilgan 1,2 mlrd so‘mlik;

“Farg‘onayo‘lko‘kalam” UK buyurtmachiligida 27-fevral kuni 4 turdagi daraxtlar ko‘chatlari xarid qilish yuzasidan o‘tkazilgan 289,5 mln so‘mlik;

Urganch davlat universiteti buyurtmachiligida 6-mart kuni suzish fanida foydalanish uchun suzish havzasi xizmatini ko‘rsatish yuzasidano‘tkazilgan 260,6 mln so‘mlik;

Qo‘qon shahar hokimligi buyurtmachiligida 15-mart kuni respublika,, viloyat va shahar miqyosida tashkil etiladigan tadbirlarga borib-kelishda yo‘lovchi tashish xizmatini ko‘rsatish yuzasidan o‘tkazilgan 212 mln so‘mlik;

Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro'yxatga olish va kuzatish markazi buyurtmachiligida 12-mart kuni o‘tkazilgan hayvonlarning identifikatsiya raqami tashuvchilarining atributlariga qo‘yiladigan umumiy talablar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi milliy standartini ishlab chiqish xizmatini ko‘rsatish yuzasidan o‘tkazilgan 120 mln so‘mlik;

"Namangan yo‘l qurilish-taʼmirlash" MCHJ buyurtmachiligida 14-mart kuni obyektda yo‘l qurish jarayonida suv tashish va sepish xizmatini ko‘rsatish yuzasidan o‘tkazilgan 120 mlnso‘mlikdavlat xaridlarida ishtirok etgan tadbirkorlarning hujjatlariXarid komissiyasi raisi va aʼzolari foydalangan qurilma (IP-manzillari bir xil) orqali elektron platformaga yuklanganligi va shu tariqa manfaatlar to‘qnashuvi holatlarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Mazkur holatlar bo‘yicha xarid komissiyasining g‘olibni aniqlash bayonnomalarini bekor qilish to‘g‘risida buyurtmachilarga Agentlikning taqdimnomalari kiritildi va to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

Agentlikning taqdimnomalariga binoanyuqoridagi davlat xaridlari bo‘yichaxarid komissiyasining bayonnomalari bekor qilindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Related materials