Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash natijalari
This material is so far published only in: Özbekça
2024-yilda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash yo'nalishida:
- ishonch telefonlari faoliyati bo‘yicha qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan 6 ta vazirlik va 2 ta viloyat hokimligiga taqdimnoma kiritildi;
- 25 ta investitsiya loyihalari doirasida mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi va ochiqlikning taʼminlanishi o‘rganildi;
- 2023- yil yakunlari bo‘yicha Ochiqlik indeksi natijalari eʼlon qilindi;
- “E-learning” taʼlim platformasi orqali 119 ta tashkilotning 419 nafar masʼul xodimi o‘qitildi;
- Ochiqlikka oid qonun hujjatlari talablarini buzgan 5 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Mazkur yo‘nalishdagi faoliyat natijalari infografikada aks etgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati