Davlat organlari huzuridagi Jamoatchilik kengashlari faoliyati joyiga chiqqan holda monitoring qilindi
This material is so far published only in: Özbekça
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari hamda Agentlik xodimlaridan iborat ishchi guruh Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklarida o‘rganish o‘tkazdilar.

Ma'lumot uchun: Prezidentning 2024-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida"gi PF-37-son Farmoni va Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining 2024-yil 26-iyundagi 15-sonli bayonnomasiga muvofiq Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlarining tashkil etilganligi va samarali faoliyat yuritishini monitoring qilish belgilangan.

O‘rganish davomida mazkur vazirliklar Jamoatchilik kengashi a’zolariga davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi ta’minlash, olib borilayotgan islohotlarning samarali amalga oshirilishidagi ishtiroklari muhimligi ta’kidlangani holda kelgusi faoliyatlari bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Shuningdek, monitoring yakunida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Agentlik huzuridagi Jamoatchilik kengashlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, birgalikda o‘rganish o‘tkazish, loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati