Virtual reception

BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi obzor mexanizmi bo‘yicha trening o‘tkazilmoqda

Top news 2 739 views

This material is so far published only in: Özbekça

Joriy yilning 29-30-yanvar kunlari Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan BMT GJB bilan hamkorlikda BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi bajarilishining obzor mexanizmi bo‘yicha ekspertlar guruhning ikki kunlik treningi bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad ishtirokchilarni Konvensiyasi qoidalari bo‘yicha bilimlarini oshirish, uning obzor mexanizmlarini ko‘rib chiqishining birinchi va ikkinchi bosqichlarini amalga oshirish tajribasi bilan yaqindan tanishtirishga qaratilgan.

Maʼlumot o‘rnida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi PF-6013-son Farmoniga asosan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi va O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi boshqa xalqaro shartnomalari qoidalarining bajarilishi bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy koordinatori vazifa va vakolatlari yuklatilgan.

Hozirda mamlakatimiz Konvensiya doirasida 2-bosqich obzordan o‘tayotgan bo‘lib, bu borada Konvensiyaning 2-bobi (“Korrupsiyaning oldini olish chora-tadbirlari”) uchun Agentlik, 5-bobi (“Aktivlarni qaytarib olish chora-tadbirlari”) uchun Bosh prokuratura maʼsul etib belgilangan. Shu bilan bir qatorda, ushbu boblar bo‘yicha tegishli idoralar rahbariyatidan iborat ikkita ishchi guruhlar tashkil etilgan.

Treningda BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasining mazkur boblarini amalga oshirish uchun asosiy talablar ko‘rib chiqilmoqda.

Xususan, BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasining korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha Mintaqaviy maslahatchisi V.Kozin tomonidan korrupsiyaning oldini olish, aktivlarni qaytarishga oid asosiy qoidalar va ularni implementatsiya qilish yo‘llari, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning ijobiy tajribasi va qonunchiligidan misollar yordamida ishtirokchilarga muhim maʼlumotlar taqdim qilinmoqda.

Milliy ekspertlarga obzorda ijobiy baho olishda O‘zbekiston uchun zarur bo‘lgan maslahat va takliflar berilmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Related materials