Online appeal

Report of corruption

Cancel Report

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

More

573 109 For print

Agentlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi “Eng faol jamoatchilik kengashi” nominatsiyasida taqdirlandi

“Fuqarolik jamiyati haftaligi” doirasida davlat organlari huzuridagi Jamoatchilik kengashlarining anʼanaviy Respublika forumi bo‘lib o‘tdi.

Forum doirasida davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyati bo‘yicha o‘tkazilgan monitoring yakunlariga ko‘ra yuqori natija qayd etgan kengashlar eʼtirof etildi.

Xususan, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi jamoatchilik bilan tizimli muloqotni yo‘lga qo‘yish va shaffoflikni taʼminlash borasidagi amaliyotlari, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini kuchaytirishga qaratilgan tashabbuslari va yil davomida namoyon etgan yuqori faolligi uchun “Eng faol jamoatchilik kengashi” nominatsiyasida taqdirlandi.

Taqdirlash marosimida Jamoatchilik kengashining mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi siyosatning samarali amalga oshirilishiga, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni va taʼsirini kuchaytirishdagi muhim hissasi alohida taʼkidlandi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

573 109 For print

Other news

All news