Virtual reception

Agentlik direktori Rossiya Federatsiyasi Bosh prokurori bilan uchrashdi

Top news 1 905 views

This material is so far published only in: Özbekça

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov Tojikistonning Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan MDHning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlatlararo kengashi yig‘ilishidagi ishtiroki doirasida Rossiya Federatsiyasi Bosh prokurori Igor Krasnov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki idoraning korrupsiyaga qarshi davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish amaliyoti xususida o‘zaro tajriba almashilib, sohada hamkorlik qilish istiqbollari muhokama qilindi.

Jumladan, korrupsiyaviy jinoyatlarni fosh etish va aniqlash, korrupsiyaviy jinoyatlar statistikasining yuritilishi, uni keltirib chiqarayotgan sabablar tahlili hamda faoliyat ochiqligini taʼminlashga oid qator yo‘nalishlarda ikki mamlakatdagi mavjud tajriba yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Related materials