Agentlik direktori fuqarolar murojaatlarini tingladi
This material is so far published only in: Özbekça
Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanovning navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi.
Fuqarolar murojaatlarining mazmuni asosan sud xodimlarining xatti-harakatlaridan norozilik, mehnat munosabatlari buzilganligi, jumladan ishdan noqonuniy bo‘shatilganlik, yer munosabatlari bo‘yicha nizolar va ilmiy ishlarni himoya qilish jarayonidagi ayrim korrupsion holatlardan iborat bo‘ldi.

Qabul davomida murojaatlar to‘liq tinglanib, har bir muammo bo‘yicha huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.

O‘rganish talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha fuqarolardan ariza va shikoyatlar qabul qilinib, ularning ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.

Fuqarolarning murojaatlari doimiy ravishda nazoratda va ularga tizimli huquqiy yordam ko‘rsatish davom etadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati