Virtual reception

2024-yil I yarim yillikda davlat organlari va tashkilotlarida byudjeti mablag‘laridan maqsadli foydalanish va korrupsiyani oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar

Top news 3 114 views

This material is so far published only in: Özbekça

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2024-yil 1-yarim yillik davomida o‘tkazilgan masofaviy monitoring hamda o‘rganishlar yakuni bo‘yicha yuborilgan taqdimnomalarga asosan 238 mlrd so‘mlik noqonuniy davlat xaridlarining oldi olindi.

Bunda aybdor shaxslarning xatti-harakatlariga huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 165 ta material yuborildi, natijada 5 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, 68 ta ma’muriy ishlar yuritildi, 85 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi.

Shu bilan birga davlat xaridlari jarayonidagi korrupsiya, affillanganlik yoki manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ygan ijrochilarga nisbatan Insofsiz ijrochilarning yagona reyestriga kiritish ta’sir choralari muqarrar tarzda qo‘llanilmayapti. Bunga insofsiz ijrochilarni reyestrga kiritishning institutsional tizimida kamchiliklar va bir qancha murakkab byurokratik tartib taomillar mavjudligi sabab bo’lmoqda.

Amaldagi qonunchilik hujjatlariga ko'ra, davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya ijrochini Insofsiz ijrochilarning yagona reyestriga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Joriy yilning 23-iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

Qonun loyihasida sudning qaroriga ko‘ra, firibgarlik, soxtalashtirish va korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan ishtirokchilarni avtomatik tarzda Insofsiz ijrochilarning yagona reyestriga kiritish taklif etilmoqda.

——————

Agarda siz korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Related materials