Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha 2026 yil yanvar oyidagi ijrosi yuzasidan
M A ’ L U M O T
2026 yil 1 fevral holatiga
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida (keyingi o‘rinlarda-Agentlik) “Ijro.gov.uz” tizimidagi O‘zbekiston Respublika Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bilan Agentlik zimmasiga yuklatilgan topshiriqlar ijrosi nazorat qilib borilmoqda.
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida 2026 yil yanvar oyida ijrosi ta’minlanishi lozim bo‘lgan jami 34 ta topshiriq shundan 30 ta Prezident, 2 ta Prezident Administratsiyasi rahbari va 2 ta Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari ijrosi to‘liq ta’minlangan va o‘rnatilgan tartibda nazoratdan chiqarilgan.
2026 yil fevral oyida bajarilishi lozim bo‘lgan jami 8 ta shundan 6 ta Prezident, 2 ta Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari ro‘yxati shakllantirilib, o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash uchun mas’ul shaxslar xabardor qilingan.
Agentlikning ijro intizomiga mas’ul tarmoq tomonidan O‘zbekiston Respublika Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bilan Agentlik zimmasiga yuklatilgan topshiriqlar ijrosi kunlik nazorat qilib borilmoqda.
Shuningdek, topshiriqlar ijrosini tashkil etish bilan bog‘liq masalalar har hafta Agentlik direktori huzurida o‘tkaziladigan yig‘ilishda tanqidiy muhokama qilib borilmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha 2025 yil avgust oyidagi ijrosi yuzasidan
M A ’ L U M O T
2025 yil 1 sentabr holatiga
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida (keyingi o‘rinlarda-Agentlik) “Ijro.gov.uz” tizimidagi O‘zbekiston Respublika Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bilan Agentlik zimmasiga yuklatilgan topshiriqlar ijrosi nazorat qilib borilmoqda.
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida 2025 yil avgust oyida ijrosi ta’minlanishi lozim bo‘lgan jami 17 ta topshiriq ijrosi topshiriqlarining ijrosi to‘liq ta’minlangan va o‘rnatilgan tartibda nazoratdan chiqarilgan.
Jumladan:
13 ta Prezident topshiriqlari, shundan 7 tasi Prezident farmoni, 4 tasi Prezident qarori va 2 tasi yig‘ilish bayonida berilgan topshiriqlar;
4 ta Vazirlar Mahkamasi topshiriqlar, shundan 1 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hujjatlari, 1 tasi Vazirlar Mahkamasi Rayosat majlisi bayonlari va 2 tasi Bosh vazir raxbarligidagi yig‘ilish bayonida belgilangan topshiriqlardan iborat.
2025 yil sentabr oyida bajarilishi lozim bo‘lgan 16 ta Prezident topshiriqlari hamda 6 ta Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari ro‘yxati shakllantirilib, o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash uchun mas’ul shaxslar xabardor qilingan.