Agency activity in 2024
Key figures
Main areas of work
Improving the legal and organisational framework
8 regulatory acts adopted, including the Law on Conflicts of Interest; criminal liability introduced for corruption in sport.
Handling appeals
4,176 appeals; 41 submissions, 7 people disciplined, 6 criminal and 10 administrative cases opened.
Reviews carried out by the Agency
293 case files sent to law enforcement: 28 criminal and 104 administrative cases opened.
Introducing compliance control
7,525 functions of 101 organisations assessed: 495 high-risk; 852 internal control staff trained.
Openness of government bodies
103 bodies monitored: 45 submissions; in the Openness Index 31 were green, 43 yellow and 29 red.
Preventing conflicts of interest
Conflicts of interest found and resolved: 182 officials with relatives under their authority and 1,513 staff running businesses alongside public service.
Anti-corruption review of draft legislation
676 corruption-prone provisions found in 233 of 327 drafts (71%).
International cooperation
5 cooperation documents signed; 55 meetings, 12 seminars and 3 international forums held; the Central Asian Regional Platform launched.
| Title | Download |
|---|---|
| Information on the Agency’s work in 2024 (PDF, in Uzbek) PDF | Download: Information on the Agency’s work in 2024 (PDF, in Uzbek), PDF |
Full text by section
Improving the legal and organisational framework
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2024- yilda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini takomillashtirish, davlat byudjeti mablag‘larining samarali sarf etilishini nazorat qilish, davlat organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash, xalqaro hamkorlik ko‘lamini kengaytirish yo‘nalishlarida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
2024 yilda Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida 8 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. Xususan:
– O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun bilan shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini bajarmaganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilandi;
– O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo‘shimchalar kiritilib, qonun bilan sport sohasida korrupsiyaviy huquqbuzarlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha 2024 yilda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, «Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi» elektron platformasini ishga tushirish belgilandi;
– Vazirlar Mahkamasining “2024 yilda normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, fuqarolik, oila, axborot va axborotlashtirish, taʼlim, fan va madaniyat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish rejalari tasdiqlandi;
– Vazirlar Mahkamasining “Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni taʼminlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan majburiyatlarga rioya etilishini masofadan monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi;
– «Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi» elektron platformasida o‘qitishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi;
– Mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnoma, ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyalar va manfaatlar to‘qnashuvini hisobga olish reyestrining namunaviy shakllari tasdiqlandi.
Analysis of the causes of corruption
Davlat va jamiyat hayotining turli sohalarida korrupsiyaning kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan omillar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rildi.
Jumladan: Davlat xaridlari sohasida xaridlar hajmini qismlarga bo‘lish orqali amalga oshirilganligi, tender savdolarida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilganligi;
Sog‘liqni saqlash sohasida ishga qabul qilishda shaffof tizim yaratilmaganligi, tibbiyot muassasalarida byudjet mablag‘larining talon-toroj qilinayotganligi;
Madaniyat sohasida milliy seriallarni yaratish uchun telekanallarga subsidiya berishning aniq tartib-taomillarning belgilanmaganligi;
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarda jinoyat ishining surishtiruv va tergov jarayonida hamda ehtiyot chorasini tanlash jarayonida yengillik qilish evaziga taʼmagirlik holatlari sodir etilayotganligi;
Qurilish sohasida inson omilini imkon qadar istisno etadigan raqamlashtirish ishlari sust olib borilayotganligi, qurilish obyektlarida nazoratning yetarli darajada emasligi;
Ilmiy daraja olishda plagiatga yo‘l qo‘yish, tanish-bilishchilik munosabatlaridan foydalanish tizimida raqamlashtirish, nazorat va javobgarlik mexanizmlarining yaratilmaganligi;
Avtomobil yo‘llari sohasida davlat xizmatchilarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilganligi kabi korrupsiyaviy xavf-xatarlar aniqlanib, ularni minimallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.
Handling appeals
Agentlikka 2024 yil davomida jami 4 176 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga, viloyat maxalliy hokimliklarga 55 ta so‘rovnoma yuborilgan, qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 41 ta taqdimnoma kiritilgan, 7 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan, shundan 1 nafari bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan, 19 ta qabul qilingan qarorlar bekor qilingan, 6 ta jinoyat ishi, 10 ta maʼmuriy ish qo‘zg‘atilgan va mavjud xato-kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilgan.
Reviews carried out by the Agency
Manfaatlar to‘qnashuvi, davlat xaridlari, davlat organlarining ochiqligi hamda byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish bo‘yicha hududlar va sohalar kesimida o‘rganishlar o‘tkazilib, aniqlangan qonunbuzilishilarni bartaraf etish yuzasidan vazirlik va idoralarga 408 ta taqdimnoma kiritildi.
Taqdimnomalar natijasida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 85 nafar shaxsga nisbatan intizomiy javobgarlik choralari qo‘llanildi, 234 ta holatda jami 263,9 mlrd. so‘mlik xaridlar bekor qilinib, noqonuniy davlat xaridlari o‘tkazilishining oldi olindi.
Bundan tashqari, o‘rganishlar natijasida aniqlangan qonunbuzilishi holatlariga huquqiy baho berish uchun 293 ta materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilib, ular asosida Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan umumiy 28 ta jinoyat ishi va 104 ta maʼmuriy ish qo‘zg‘atildi.
O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida jami 222,7 mlrd so‘mlik moddiy zararning davlat byudjetiga qaytarilishi yuzasidan qarorlar qabul qilingan.
Ommaviy axborot vositalarida korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘yilayotganligi yuzasidan eʼlon qilingan 55 ta xabarlar o‘rganilib, ularning 25 tasi bo‘yicha davlat xaridlarida qonunbuzilishi holatlarining mavjudligi hamda 5 tasida davlat xizmatchilari tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlandi va qonunbuzilishi holatlari bartaraf etildi.
Introducing compliance control
Davlat idoralari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat (“komplayens – nazorat”) tuzilmalari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar izchil davom ettirildi.
Davlat idoralari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat tuzilmalari faoliyati takomillashtirilib, 74 ta davlat idorasi «Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi» bo‘yicha ISO xalqaro standart sertifikatiga ega bo‘ldi.
Korrupsiyaning oldini olish mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda 852 nafar ichki nazorat tuzilmalari xodimlarining malakasi oshirildi.
23 ta davlat organlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari rahbarlari ochiq tanlov asosida ishga qabul qilindi.
123 ta davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiya haqida xabar berishga mo‘ljallangan aloqa kanallari tashkil etildi.
Davlat idoralarining funksiyalaridagi korrupsiya xavf-xatarlar darajasi baholashdan o‘tkazilib, 101 ta davlat organlari va tashkilotlarining 7 525 ta funksiyalaridan 495 tasi korrupsiya xavf-xatar darajasi“yuqori”, 1 541 tasi “o‘rta”, 5 489 tasi “past” baholandi va Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reyestri shakllantirildi.
Korrupsiya darajasi yuqori bo‘lgan 495 ta funksiyalarning 172 tasida raqamlashtirish, 67 tasida amaldagi ichki idoraviy hujjatlarni takomillashtirish yoki yangisini qabul qilish orqali, 62 tasida qo‘shimcha nazorat mexanizmlarini joriy qilish, 42 tasida ochiqlikni taʼminlash, 152 tasida xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirish orqali minimallashtirish choralari ko‘rilmoqda.
Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi reyting baholanib, 95 ta tashkilotning 42 tasi “yaxshi”, 38 tasi “qoniqarli” va 15 tasi “qoniqarsiz” deb topildi.
“Qoniqarsiz” baholangan rahbarlarining hisobotlari eshitilib, tanqidiy muhokama qilindi.
Openness of government bodies
Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi monitoring qilinib, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha taʼsir choralari qo‘llanildi. Xususan, 103 ta davlat organlari va tashkilotlarining ochiqligi monitoring qilinib, natijalari bo‘yicha 45 ta taqdimnoma kiritildi.
Ochiqlikka oid qonun hujjatlari talablarini buzgan 5 nafar mansabdor shaxsga nisbatan maʼmuriy javobgarlik choralari qo‘llanildi.
Shuningdek, “Qayta aloqaning sirli mijozi” tadbirlari orqali 6 ta vazirlik (Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik, Qishloq xo‘jaligi, Transport, Energetika va Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirliklari) va 2 ta viloyat hokimliklari (Andijon va Namangan)ga taqdimnomalar kiritildi.
Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni taʼminlashga masʼul xodimlarni o‘qitish bo‘yicha “E-learning” elektron platformasi ishga tushirilib, 119 ta davlat organlarining 588 nafar masʼul xodimi o‘qitildi.
Davlat idoralari faoliyati ochiqligi darajasini baholashga qaratilgan Ochiqlik indeksi shakllantirilib, uning doirasida 103 ta davlat organlarining 31 tasi “yashil”, 43 tasi “sariq” va 29 tasi “qizil” baholandi hamda bu tizim orqali barcha darajadagi rahbar xodimlarning ochiqlikni taʼminlash sohasidagi masʼuliyati oshirildi.
Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi jarayonida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash ustidan doimiy nazorat o‘rnatildi.
Xususan, Qishloq infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan 815 mln dollarlik 3 ta loyiha bo‘yicha mahallalarda “Tashabbuskor guruhlar” tashkil etilib, ajratilgan mablag‘larni mahalla faollari bilan maslahatlashgan holda sarflash amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
Preventing conflicts of interest
O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Qonun ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri raisligida “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxati tasdiqlandi.
Ro‘yxatga 27 ta respublika darajasidagi davlat organi va tashkiloti, 71 ta respublika ijro etuvchi hokimiyat organi, 10 ta davlat maqsadli jamg‘armasi, viloyatlar va tuman-shahar hokimliklari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan 49 ta xo‘jalik jamiyatlari, unitar korxonalari kiritildi.
Davlat xizmatida yuzaga keladigan manfaatlar to‘qnashuvi holatlari, ularni bartaraf etish choralari bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ishlab chiqildi.
Qonun kuchga kirgunga qadar unda belgilangan talablar va mexanizmlarning amaliyotda ishlashi bilan bog‘liq masalalar davlat organlari va tashkilotlarida ishchi guruhlar tuzgan holda o‘rganildi.
O‘rganishlarda 182 nafar mansabdor shaxsning yaqin qarindoshlari bevosita bo‘ysunuvida yoki nazorat ostida ishlayotganligi, 1 513 nafar xodimning davlat xizmati bilan bir vaqtda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotganligi bilan bog‘liq manfaatlar to‘qnashuvi holatlari aniqlanib, bartaraf etildi.
Davlat idoralari va tashkilotlarning 95 600 nafardan ortiq xodimi test sinovlarini topshirdi, 85 581 nafar xodimi o‘qitildi.
«E-anticor.uz» elektron platformasida manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlarni aniqlash va onlayn monitoring qilish imkonini beruvchi elektron modul ishga tushirildi.
Anti-corruption review of draft legislation
Agentligi tomonidan 327 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilib, natijalariga ko‘ra 327 ta loyihaning 71 foizida yoki 233 tasida 676 ta korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar aniqlandi va ularni bartaraf etish choralari ko‘rildi.
Work with NGOs and the public
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani, Jizzax viloyatining Jizzax shahri, Buxoro viloyatining Vobkent tumanida “Shaffof shaharlar”, “Halol tumanlar” loyihasi ishga tushirildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini oshirish bo‘yicha 10 dan ortiq seminar-trening tadbirlari NNTlar uchun 2 ta grant loyihalariga tanlov eʼlon qilindi.
Agentlik tomonidan nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda “Aksilkorrupsiya laboratoriyasi” loyihasi doirasida “Oliy taʼlim muassasalari talabalarining bilimini baholashda nohalollik va korrupsiya omillari”, “Akusherlik xizmatlarini ko‘rsatishda nohalollik va korrupsiya xavflari”, “Maktabga qabul qilishda korrupsiya xavfini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalarning bajarilishini monitoring qilish” hamda “Ipoteka krediti uchun subsidiya ajratish jarayonida korrupsiya xavflari” mavzularida tadqiqotlar o‘tkazildi.
Aholini korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha islohotlar haqida xabardor qilish maqsadida mahalliy va xorijiy OAV, ijtimoiy tarmoqlarda 1 600 dan ortiq materiallar eʼlon qilindi, matbuot anjumani va brifinglar o‘tkazildi.
International cooperation
Xalqaro hamkorlik yo‘nalishida 2024-yilda xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar korrupsiyaga qarshi kurashish idoralari bilan hamkorlikka oid jami 5 ta hujjat, shundan 3 ta memorandum, 1 ta chora-tadbirlar rejasi va 1 ta strategik hamkorlik bitimi imzolandi.
Xalqaro hamkorlik yo‘nalishida Oliy Majlis palatalarining vakillari Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Parlamentariylar Global tashkiloti aʼzoligiga aʼzo bo‘ldi.
Toshkent shahrida ilk marotaba korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida Media forum bo‘lib o‘tdi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida hamkorlik qilish va tajriba almashish tizimini yaratish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Toshkent shahrida Markaziy Osiyo Mintaqaviy platformasi ishga tushirildi.
Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik munosabatni shakllantirish maqsadida BMTning korrupsiyaga qarshi taʼlim va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish global resursi (GRACE) dasturini O‘zbekistonda keng joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
2024-yilda xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar korrupsiyaga qarshi kurashish idoralari bilan hamkorlikka oid 4 ta hamkorlik to‘g‘risida bitim va Memorandum imzolandi.
Xalqaro hamkorlar bilan 55 ta rasmiy uchrashuv o‘tkazilib, xalqaro ekspertlar ishtirokida 12 ta seminar trening hamda 3 ta xalqaro Forum tashkil etildi.
2024-yilda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda 4 ta qo‘shma loyiha ishga tushirildi.
Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan Milliy strategiyasi loyihasi ishlab chiqildi.
IHTTning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish tarmog‘i Istanbul harakatlar rejasi doirasida 5-bosqich monitoringi o‘tkazildi va O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi siyosati 83.6 ball bilan Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yuqori baholandi.
International ratings and indices
Transparency International tashkilotining Korrupsiyani qabul qilish indeksida 2020-yil O‘zbekiston 180 ta davlat orasida (26 ball) 146-o‘rinni, 2021-yilda (28 ball) 140-o‘rinni, 2022-yilda (31 ball) 126-o‘rinni, 2023-yil yakunlari bo‘yicha (33 ball) 121-o‘rinni, 2024-yilda esa (32 ball) 121-o‘rinni egalladi.