XVJ missiyasi Özbekistonning korrupsiyaga qarşi islohotlari bilan tanişdi
This material is so far published only in: Özbekça
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi rahbariyati Xalqaro valyuta jamğarmasining (XVJ) Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari K. Gvenetadze boşçiligidagi missiyani qabul qildi.
Uçraşuvda Agentlik direktori örinbosari Umida Tuxtaşeva missiya a’zolarini korrupsiyaga qarşi kuraşiş siyosat hujjatlari, "Manfaatlar töqnaşuvi töğrisida"gi qonun ijrosi, idoralararo hamkorlik va muvofiqlaştiriş, şuningdek, davlat organlari faoliyatida korrupsiyaga qarşi içki nazorat tizimi kuçaytirilişi borasida bajarilayotgan işlar bilan taniştirdi.

Şuningdek, muloqot davomida mamlakatimizda korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasida qonun hujjatlaridagi yangiliklar va raqamli yeçimlarni joriy etiş borasidagi islohotlar haqida söz bordi.

Delegatsiya vakillari içki nazorat tuzilmalari faoliyati, ularning mustaqilligi, “Korrupsiya haqida xabar beruvçilarni himoya qiliş töğrisida”gi qonun loyihalarining joriy bosqiçlari, şuningdek, qator sohalarda korrupsiyaviy xavflarni bartaraf etiş va preventiv çoralar köriş borasidagi amaliy natijalar yuzasidan özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Uçraşuv yakunida tomonlar özaro hamkorlikni davom ettiriş hamda korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi islohotlar yuzasidan muntazam axborot almaşinuvini yölga qöyişga kelişib oldilar.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi Axborot xizmati