Online appeal

Report of corruption

Cancel Report

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

More
Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

More
Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi
3727 963 For print

“Qanqa shahristoni” yodgorligiga yetkazilgan jiddiy zarar bo‘yicha  jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatidagi “Qanqa” arxeologiya yodgorligi hududi o‘zboshimchalik bilan o‘zlashtirib olingani, xususan,  uy-joylar qurilishi, bog‘ va ekin ekish maydonlari tashkil etilganligi keskin tanqid qilinib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.

Mazkur holatlar bo‘yicha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Milliy arxeologiya markazi, Madaniy meros agentligi va Kadastr agentligi mutaxassislari ishtirokida o‘tkazilgan o‘rganishda haqiqatda ayrim fuqarolar tomonidan yodgorlik hududiga jiddiy zarar yetkazilganligi maʼlum bo‘ldi.

Maʼlumot o‘rnida: Vazirlar Mahkamasining “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 04.10.2019 yildagi 846-sonli qarori bilan tasdiqlangan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy Ro‘yxatida “Qanqa shahristoni” 320-raqam bilan moddiy madaniy meros obyekti sifatida ro‘yxatga olingan. Obyekt davri miloddan avvalgi III asr — milodning XII asriga taalluqli bo‘lib, u davlat mulki sifatida Toshkent viloyati madaniyat boshqarmasiga operativ boshqaruv huquqi asosida berilgan.

Tarixiy manbalarga ko‘ra, ushbu yodgorlik Toshkentning eng qadimgi poytaxt shahri bo‘lib, Markaziy Osiyo xalqlari tarixida muhim o‘rin tutadi. Yodgorlikdagi o‘rta asrlarga oid karvonsaroy mintaqa hududidagi shahar shahristonida joylashgan yagona karvonsaroydir. YUNESKOning rasmiy sahifasida va WIKIPEDIA umumjahon ensiklopediyasida yodgorlik hududi 160 gektar deb qayd etilgan. 

Xususan, 1977 yilda qazuv ishlari natijasida ochilgan va keyinchalik sobiq ittifoq davrida “kolxoz”ga berib yuborilgan shaharning mudofaa devori ichidagi uchinchi shahriston hududi hanuzgacha qaytarib olinmagan. Hududdagi maydonlar sug‘orilishi natijasida yodgorlikning qolgan qismiga jiddiy zarar yetkazilganligi oqibatida vujudga kelgan zaxlik madaniy qatlamning buzilishiga, qadimiy meʼmoriy inshootlar, devordagi rasmlar va boshqa noyob topilmalarning yemirilishiga olib kelgan.

Shuningdek, uchinchi shahristonning janubi-g‘arbiy qismini o‘ragan mudofaa devorini ichki va ustki qismi mahalliy fermer tomonidan egallanib, bu joyda ayrim fuqarolar uy-joy qurib olgan. Yodgorlikning janubiy qismidagi mudofaa devori ichki qismida qariyb bir gektar maydon ham egallab olinib, turar-joy qurilgan. Yodgorlikning janubi-sharqiy tomonidagi mudofaa devorining ichki qismidagi maydon ekinzorga hamda mahalliy aholi va tashkilotlar tomonidan chiqindilar maydoniga aylantirilgan. Sohaga masʼul idoralarning befarqligi sababli obyektning turistlar tashrif buyurishi mumkin bo‘lgan g‘arbiy va janubiy tomonidagi yo‘llarning yodgorlikka kirish qismi ham afsuski, chiqindixona vazifasini o‘tab kelmoqda.

Yodgorlikning kadastr hujjatiga ko‘ra, uning umumiy yer maydoni 104,99 gektarni tashkil etadi. Hozirda uning 0.50 gektariga fuqaro A.B., 0.79 gektariga fuqaro T.B. qishloq xo‘jalik ekinlari (makkajo‘xori) ekib, o‘zboshimchalik bilan ushbu yer maydonidan noqonuniy tarzda foydalanib kelmoqda.

Bundan tashqari, sohaga oid huquqiy-meʼyoriy hujjatlarning bir qator talablariga zid ravishda Oqqo‘rg‘on tuman hokimining 2016 yil 8 iyundagi 566-sonli qarori bilan fuqaro A.P.ga turar joy bino-inshootlari va ular bilan band bo‘lgan yer uchastkalari meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi bilan yodgorlik hududidan 0.56 gektar yer maydoni ajratilgan. Ushbu maydonning 140.4 kv metr qismiga 3 ta yashash uyi, 2 ta kirish xonasi, qurilishi tugallanmagan bino va bostirma qurilgan hamda bir qismiga bog‘ tashkil qilingan.

O‘rganish jarayonida viloyat Madaniy meros boshqarmasi xodimlari tomonidan A.B, T.B. va A.P.ga moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektiga yetkazgan moddiy zarar bo‘yicha tegishli dalolatnomalar rasmiylashtirildi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektiga A.P. tomonidan 10 mlrd 367 mln 448,3 ming so‘m, A.B. tomonidan 2 mlrd 423 mln 520,0 ming so‘m, T.B. 1 mlrd 093 mln 950,0 ming so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan. 

Agentlik taqdim etgan o‘rganish hujjatlariga ko‘ra, viloyat prokuraturasi tomonidan aybdor shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining
132-moddasi tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

 Axborot xizmati

3727 963 For print

Other news

All news