Özbekistonda şaffof biznes muhiti va barça uçun teng şaroit yaratilmoqda
This material is so far published only in: Özbekça
Rebekka Dovergne,
Germaniya Federativ Respublikasining Özbekistondagi elçixonasi iqtisodiy masalalar bölimi boşliği:
Germaniya Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlarni yuqori baholaydi.
Joriy yilda boşlangan "Halol biznes" dasturi Prezident Şavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan muloqotida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, biznes uçun aniq qoidalarni joriy etiş va davlat bilan tadbirkorlar örtasidagi işonçni mustahkamlaş maqsadlariga hamohang.
Biznesda halollikşunçaki tamoyil yoki deklarasiya emas, balki xalqaro bozorlarga çiqiş, investisiyalarni jalb qiliş va işonçli hamkorlikni yölga qöyişning amaliy şartidir.
Şu ma'noda, Özbekiston va Germaniya örtasidagi iqtisodiy hamkorlik salohiyatiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ötgan yili ikki mamlakat örtasidagi savdo hajmi 30 foizga ösgan, bugungi kunda Özbekistonda Germaniya kapitali iştirokidagi 200 dan ortiq kompaniya faoliyat yuritmoqda.
Germaniya kompaniyalari Özbekistondagi faoliyatini yanada kengaytirişdan manfaatdor. Buning uçun mamlakatingizda aniq qoidalar, şaffof biznes muhiti va barça uçun teng şaroit yaratilayotgani juda muhim.