Virtual reception

Komplayens-nazorat xodimlarini öz rahbarining ehtimoliy bosimidan himoya qiliş uçun Agentlik tomonidan qanday real mexanizmlar joriy etilgan?

Top news 26 views

This material is so far published only in: Özbekça

Dostonbek Ahrorov, Kun.uz internet naşri:

Davlat organlaridagi komplayens-nazorat xodimlari bevosita şu taşkilot rahbariga böysunadi va iş haqini ham mazkur taşkilotdan oladi. Bu ularning xolis işlaşiga va rahbarning xatolarini oçiq aytişiga tösqinlik qilmaydimi? Ularni öz rahbarining ehtimoliy bosimidan himoya qiliş uçun Agentlik tomonidan qanday real mexanizmlar joriy etilgan?

“Davlat organlari va taşkilotlarining, davlat iştirokidagi korxonalarning komplayens va korrupsiyaga qarşi içki nazorat tuzilmalari faoliyati töğrisida”gi Namunaviy nizomda korrupsiyaga qarşi içki nazorat tuzilmalari xodimlarini taşkilot rahbarlarining ehtimoliy bosimidan himoya qilişga qaratilgan aniq mexanizmlar nazarda tutilgan.

Birinçidan, korrupsiyaga qarşi içki nazorat tuzilmalari rahbarlari va xodimlariga nisbatan samaradorlik körsatkiçlari (KPI) qöllanilmaydi.

Bu mexanizm xodimlarning faoliyatiga taşkilot rahbarlari tomonidan KPI orqali taʼsir ötkaziş yoki ularga nisbatan bilvosita bosim ötkaziş ehtimolini çeklaydi.

Ikkinçidan, korrupsiyaga qarşi içki nazorat tuzilmalari rahbarlari va xodimlarini intizomiy javobgarlikka tortiş Agentlik bilan kelişilgan holda amalga oşiriladi.

Bu esa ularning korrupsiyaviy holatlarni aniqlaşi yoki taşkilotdagi kamçiliklarni tanqidiy baholaşi ortidan asossiz ravişda intizomiy jazoga tortilişiga yöl qöymaslikka xizmat qiladi.

Uçinçidan, mazkur tuzilmalar rahbarlari va xodimlarini lavozimga tayinlaş, lavozimidan ozod etiş, şuningdek, böş lavozimlarga tanlov ötkaziş Agentlik bilan kelişilgan holda amalga oşirilişi belgilangan.

Uşbu tartib orqali xodimlarning iş joyi va lavozimi taşkilot rahbarining bir tomonlama qaroriga boğliq bölib qolişining oldini oliş maqsad qilingan.

Related materials