Virtual reception

Navoiy viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishilmoqda

News 4 070 views

This material is so far published only in: Özbekça

Agentlik direktori A.Burxanov boshchiligidagi Ishchi guruh korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish hamda bu boradagi chora-tadbirlarni belgilab olishga ko‘maklashish yuzasidan Navoiy viloyatida o‘rganishlar o‘tkazmoqda.

O‘rganishning dastlabki kuni davomida:

"Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish" loyihasi bo‘yicha Navbahor tumani Burkut mahalla fuqarolar yig‘inida suv taʼminoti va sanitariya tizimi, irrigatsiya va drenaj tizimi uchun xalqaro moliya institutlari tomonidan ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, bunda ochiqlik va oshkoralik taʼminlanishi holatlari o‘rganildi.

"Korrupsiyasiz soha" loyihasi doirasida Navoiy davlat pedagogika instituti, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy viloyat filialida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Related materials