Virtual reception

Markaziy Osiyo yoşlari korrupsiyaning oldini oliş böyiça xorijiy tajribani qiyosiy tahlil qildi

Top news 49 views

This material is so far published only in: Özbekça

Özbekiston prokuratura organlari taşkil etilganining 35 yilligiga bağişlangan Xalqaro huquqni muhofaza qiliş forumi doirasida BMTning Korrupsiyaga qarşi konvensiyasi iştirokçi davlatlari konferensiyasining xalqaro modeli ötkazildi.

Özbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qiliş akademiyasida taşkil etilgan tadbirda Qozoğiston, Qirğiz Respublikasi, Tojikiston va Özbekiston oliy taʼlim muassasalarining töqqizta jamoasi iştirok etdi.

Akademiyada 2019-yildan buyon har yili ötkazib kelinayotgan mazkur tadbir bu yil xalqaro iştirokçilar doirasining kengaygani bilan ahamiyatli böldi. Xususan, 2025-yilda Qirğiz Respublikasi jamoasi qöşilgan bölsa, sakkizinçi tadbirda Qozoğiston va Tojikiston jamoalari ham ilk bor qatnaşdi.

Tadbir Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi tomonidan Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi bilan hamkorlikda, BMTning Narkotiklar va jinoyatçilik böyiça boşqarmasi, Yevropa Ittifoqi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) kömagida taşkil etildi.

Konferensiyaning asosiy mavzusi BMT Konvensiyasining 5-moddasida belgilangan korrupsiyaga qarşi muvofiqlaştirilgan siyosatni şakllantiriş, korrupsiyaning oldini oliş mexanizmlarini joriy etiş va bu jarayonda jamiyat iştirokini rağbatlantiriş masalalariga qaratildi.

Ikki bosqiçda taşkil etilgan bahslar davomida jamoalar dastlab qurʼa asosida belgilangan Latviya, Malayziya, Portugaliya, Koreya Respublikasi, Ruanda, Ruminiya, Urugvay, Fransiya va Estoniya delegatsiyalari nomidan çiqiş qilib, uşbu mamlakatlardagi huquqiy va institutsional mexanizmlarni taqdim etdi.

Keyingi bosqiçda esa iştirokçilar öz mamlakatlari nomidan qiyosiy-huquqiy tahlil natijalarini bayon qildi. Xorijiy tajribani Markaziy Osiyo davlatlarining huquqiy tizimlari va institutsional tuzilmalariga moslaştiriş imkoniyatlari körib çiqilib, milliy qonunçilik va huquqni qöllaş amaliyotini takomillaştirişga qaratilgan takliflar ilgari surildi.

Jamoalarning çiqişlari BMTning Narkotiklar va jinoyatçilik böyiça boşqarmasi hamda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi ekspertlari tomonidan baholandi.

Mazkur xalqaro model yoşlarning korrupsiyaga qarşi siyosat borasidagi bilimlarini mustahkamlaş, turli mamlakatlar tajribasini örganiş va uni milliy şaroitga moslaştiriş böyiça amaliy takliflar işlab çiqiş uçun muhim muloqot maydoni böldi.

Related materials