Online appeal

Report of corruption

Cancel Report

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

More

1714 524 For print

Jurnalistik faoliyatda ochiq ma’lumotlar bilan ishlashga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi

Joriy yilning 13-sentabr kuni Jurnalislarni qayta tayyorlash markazi NNT tomonidan Farg‘ona shahridagi “Aziya Fergana” mehmonxonasida “Jurnalistik faoliyatda ochiq ma’lumotlar bilan ishlash va samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmlari” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda 40 ga yaqin mahalliy jurnalistlar NNT va OAV vakillari, bloger va jurnalistlar ishtirok etdi. Xususan, tadbirda “Yangi Farg‘ona”, “Toshloq tongi” kabi gazetalar, “CA.news”, “Buvayda.info” kabi internet nashrlar, “Farg‘ona TRK” jurnalistlari va hududiy NNTlar vakillari ishtirok etdi.

Ishtirokchilarga ochiqlik bo‘yicha davlat siyosati asoslari, so‘nggi yillarda sohada amalga oshirilgan o‘zgarishlar, davlat idoralariga qo‘yilgan talablar, xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston o‘rnining ko‘tarilishi, axborot olishga bo‘lga huquqlar, davlat xaridlari sohasida ma’lumotlarni ochiq manbalar orqali olish va o‘rganish mavzulari taqdimot tashkil etildi.

Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan ma’ruza davomida viloyatda ijtimoiy dorixonalar faoliyatidagi korrupsiyaviy holatlar yuzasidan material chop etilgan hamda materialda viloyat mutasaddi tashkilotlariga murojaat bilan holatga izoh so‘ralgan. ushbu holatga biror bir tashkilot munosabat bildirmagan. ushbu holatga nima qilsa bo‘ladi kabi savollarga javoblar berilgan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

1714 524 For print

Other news

All news