Virtual reception

Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi MDHning korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi bazaviy taʼlim taşkilotiga aylanişi rejalaştirilmoqda

Top news 53 views

This material is so far published only in: Özbekça

MDH iştirokçi davlatlarining korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi taʼlim böyiça bazaviy taşkilotini taşkil etiş masalasi yuzasidan ekspertlar yiğilişi bölib ötdi.

Yiğiliş gibrid formatda taşkil etilgan bölib, unda Belarus, Qozoğiston, Qirğiziston, Rossiya, Tojikiston va Özbekiston vakillari iştirok etdi. Yiğilişga Özbekiston tomonidan Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi vakili raislik qildi.

Mazkur taşabbus Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tomonidan ilgari surilgan bölib, 2026-yil 17-sentyabrda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş davlatlararo kengaşi majlisida qöllab-quvvatlangan edi. Unga muvofiq, Özbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qiliş akademiyasiga MDH davlatlarining korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi taʼlim böyiça bazaviy taşkiloti maqomini beriş taklif etilgan edi.

Yiğilişda Özbekiston tomonidan mazkur maqomning ahamiyati va bazaviy taşkilot faoliyatining asosiy yönalişlari haqida batafsil maʼlumot berildi.

Qayd etilganidek, bazaviy taşkilot MDH davlatlarining korrupsiyaga qarşi kuraşiş va huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlarini tayyorlaş, qayta tayyorlaş hamda malakasini oşirişga xizmat qiladi. Buning uçun korrupsiyaviy xavflarni aniqlaş va baholaş, manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş, komplayens-nazorat tizimlarini takomillaştiriş va qonunçilik hujjatlarini korrupsiyaga qarşi ekspertizadan ötkaziş kabi yönalişlarda öquv kurslari taşkil etiladi.

Şuningdek, iştirokçi davlatlar mutaxassislari uçun qöşma öquv dasturlari va stajirovkalar ötkaziş, ilmiy tadqiqotlar olib boriş hamda tajriba almaşiş nazarda tutilgan.

Muhokamalar davomida Qirğiziston va Rossiya tomonlarining hujjat loyihasi böyiça takliflari körib çiqildi. Yakunda Bazaviy taşkilot töğrisidagi nizom va MDH Taşqi işlar vazirlari kengaşining tegişli qarori loyihasi ekspertlar darajasida kelişilib, tasdiqlandi.

Mazkur taşabbus Huquqni muhofaza qiliş akademiyasining xalqaro hamkorligini kengaytiriş, MDH davlatlari örtasida korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasida tajriba almaşiş va malakali kadrlar tayyorlaş imkoniyatlarini oşirişga xizmat qiladi.

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi Axborot xizmati

Related materials