Online appeal

Report of corruption

Cancel Report

2026 yilning 1-choragida kelib tushgan murojaatlar

 O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga 2026 yilning 1-choragida kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarining ko‘rib chiqilishi bo‘yicha
MA’LUMOT

 

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xalq bilan muloqotini yo‘lga qo‘yish, murojaatlar bilan ishlashini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga 2026 yilning 1-choragida jami 1 953 ta murojaat kelib tushgan. Shundan o‘tgan davr mobaynida 1 885 ta murojaat ko‘rib chiqilishi ta’minlangan hamda 68 ta murojaat ko‘rib chiqilmoqda.

Ko‘rib chiqilgan murojaatlarni o‘rganish davomida vazirlik, idoralar va viloyat (tuman, shahar) hokimliklariga kiritilgan taqdimnoma va so‘rovlar natijasida 29 tasi ijobiy hal etilgan, 290 ta murojaatga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berish orqali qanoatlantirilgan, 4 ta murojaat anonim deb topilgan, 2 ta murojaat ma’lumot uchun qabul qilingan, 182 ta takroriy murojaat ko‘rib chiqilishi belgilangan tartibda tugatilgan, 1378 ta murojaat taalluqliligi bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga yo‘naltirilgan.

Kelib tushgan murojaatlarning 1 812 tasi jismoniy shaxslardan, 141 tasi yuridik shaxslardan, 175 tasi yozma, 1 254 таси elektron, 206 tasi Call markaz orqali og‘zaki ko‘rinishda kelib tushgan.

2026 yil 1-chorak yakunlari bo‘yicha eantikor.uz platformasi orqali kelib tushgan murojaatlar tahlili:

Agentlikka 2026 yil 1-chorak davomida jami 1 953 ta  murojaat kelib tushgan. Shundan 206 tasi Call-markaz, 24 tasi eantikor.uz platformasi orqali qabul qilingan. Murojaatlarning 16 tasi dublikat, 29 tasi takroriy hisoblanadi.

eantikor.uz platformasi orqali kelib tushgan 24 ta murojaatning ko‘rib chiqilish natijalari:

·  2 tasi ijobiy hal etilgan;

·  3 tasi bo‘yicha huquqiy maslahat va tushuntirish berish orqali qanoatlantirilgan;

·  19 tasi taalluqliligi bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga yuborilgan;

·  Hududlar kesimida taqsimlanish: Toshkent shahri (7), Samarqand (4), Xorazm (3), Namangan (2), Andijon (2), Surxondaryo
(2), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (1), Toshkent viloyati (1), Qashqadaryo (1), va Jizzax (1),

Farg‘ona, Navoiy, Buxoro va Sirdaryo viloyatlaridan murojaatlar qayd etilmagan.

Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga, viloyat (tuman, shahar) hokimliklariga 16 ta so‘rovnoma yuborilgan, qonunbuzish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 16 ta taqdimnoma kiritilgan.

Murojaatlarni o‘rganish natijasiga ko‘ra, 2 нафар shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Mamlakatimizdagi ochiqlik siyosati tufayli, korrupsiyaga qarshi kurash mavzusi ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilayotganligi, fuqarolarda bu illatga toqatsizlikning aniq va ravshan shakllanayotganligi hamda davlat idoralari mas’ullari tomonidan sodir etilayotgan korrupsion holatlar ochiqlanishi natijasida Agentlikka kelib tushayotgan murojaatlarning soni ko‘payishi kuzatilmoqda. Jumladan, 2025 yilning 1-choragida Agentlikka kelib tushgan 1 525 ta murojaatlarni 2026 yilning 1-choragida kelib tushgan 1 953 ta murojaatlarga nisbatan solishtirganda murojaatlar salmog‘i 28,1 foizga oshgan.

Agentlikka kelib tushayotgan murojaatlarning aksariyatida sud-huquq sohasidagi muammolar, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari va turli sohalarda korrupsiyaviy holatlarning yuz berayotganligi to‘g‘risida yozilgan murojaatlardan iborat.

Jumladan, 2026 yil 1-choragida Agentlikka qo‘yidagi soha va yo‘nalishlar bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi:

- sudyalarning xatti-harakatlari yuzasidan 141 ta (7,22%);

-prokuratura xodimlarining xatti-harakatlaridan norozilik yuzasidan 131 ta(6,7%);

- ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlaridan noroziliklar yuzasidan 130 ta (6,65%);

- boshqa davlat organlari xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari va qarorlaridan norozilik yuzasidan 118 ta (6,04%);

- ta’lim sohasi xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 90 ta (4,6%);

-mahalliy hokimiyat xodimlarining xatti-harakatlari norozilik yuzasidan 90 ta (4,6%);

-majburiy ijro byurosi xodimlarining xatti-harakatlaridan norozilik yuzasidan 85 ta (4,3%);

- tovlamachilik, firibgarlik, talon-taroj va qalbakilashtirish hatti-xarakatlarini norozilik yuzasidan 85 ta (4,3%);

- bank xodimlarining xatti-harakatlari norozilik yuzasidan 83 ta (4,25%);

- davlat ehtiyojlari, davlat buyurtmalari (davlat xaridlari, tanlovlar, auksionlar) 82 ta (4,2%);

- rahbarlar va mansabdor shaxslar xatti-harakatlari va qarorlaridan noroziliklar yuzasidan 72 ta (3,68%);

- kadastr xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 70 ta (3,5%);

- sog‘liqni saqlash sohasi xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 68 ta (3,48%);

- tadbirkorlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan huquqbuzarliklar yuzasidan  65 ta (3,32%);

- yer maydonini o‘zboshimcha egallab olish, noqonuniy qurilish yuzasidan 55 ta (2,8%);

- ish bilan ta’minlash masalasi yuzasidan 48 ta (2,45%);

- sud qarorlaridan noroziliklar 43 ta (2,20%), shundan:

FIB sud qaroridan 17 ta(0,87%);

JIB sud qaroridan 21 ta (1,07%);

Iqtisodiy sud qarorlari 2 ta (0,1%);

MIB sud qaroridan 3 ta (0,15%);

- gaz tarmog‘i xodimlarining xatti-harakatlaridan norozik yuzasidan 38 ta (1,94%);

- davlat tashkilotlari va idoralarida  murojaatni ko‘rib chiqish jarayonlaridan norozilik 34 ta (1,74%);

- DSI xodimlarining xatti-harakatlaridan norozilik yuzasidan 30 ta (1,5%);

- ta’lim muassasalari rahbarlari va o‘qituvchilarning xatti-harakatlaridan norozi 27 ta (1,4%);

- elektr ta’minoti xodimlarining xatti-harakatlaridan norozilik yuzasidan 27 ta (1,38%);

- surishtiruv va tergovga qadar tekshirish harakatlari yoki qarorlaridan norozilik yuzasidan 27 ta (1,38 %);

- xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati (XUJMSH) faoliyati yuzasidan 24 ta (1,23%);

- jamiyat hayoti bilan bog‘liq takliflar 23 ta (1,17%)

- qurilish sohasi xodimi xatti-harakatlaridan norozilik yuzasidan 23 ta (1,17%);

- shaxsiy qabul yuzasidan 21 ta (1,07%);

- davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatidan norozilik 19 ta (0,97%);

- korrupsiya to‘g‘risida xabar 18 ta (0,92%);

- ijtimoiy himoya xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 15 ta (0,76%);

- manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida 12 ta (0,61%);

- moddiy yordam (18 yoshdan kattalar uchun) va bolalar nafaqasi (18 yoshgacha bolalar uchun) 12 ta (0,61%);

- mehnat va bandlik sohasi xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 12 ta (0,61%);

- oilaviy masalalar yuzasidan 11 ta (0,56%);

- MFY raislari xatti-harakatlari 11 ta (0,56%);

- aliment, ish haqqi, qarz va yetkazilgan zararni undirish ijro hujjatlari bo‘yicha 11 ta (0,56%);

- adliya xodimlarining xatti-harakatlaridan norozilik yuzasidan 8 ta (0,4%);

- ichimlik suvi ta’minotidagi muammolar yuzasidan 7 ta (0,35%);

- korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha taklif 6 ta (0,3%);

- sog‘liqni saqlash, moliya, raqamlashtirish, transport va boshqa soha tashkilotlari ishonch telefonlari faoliyati yuzasidan 6 ta (0,3%);

- tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish yuzasidan 6 ta (0,3%);

- transport va yo‘lovchi tashish xizmatlari xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 6 ta (0,3%);

- moliya xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 6 ta (0,3%);

- Uy-joy masalasi sohasi xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 5 ta (0,25%);

- hokim yordamchisining xatti-harakatlari yuzasidan 5 ta (0,25%);

- issiqlik tarmog‘i xodimlari xatti-harakatlaridan norozilik 4 ta (0,2%); 

- qishloq xo‘jaligi xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 4 ta (0,2%); 

- mudofaa sohasi xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 4 ta (0,2%)

- notariuslarning xatti-harakatlaridan norozilik yuzasidan 4 ta (0,2%);

- fan, madaniyat, san’at va sport sohasi xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 4 ta (0,2%);

- aloqa va axborot texnologiyalari xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 3 ta (0,15%);

- bojxona xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 3 ta (0,15%);

- Prezident Virtual qabulxonasi (pm.gov.uz) faoliyati 3 ta (0,15%);

- shaxsning ozodligi, sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi noqonuniy harakatlar 3 ta (0,15%);

- murojaat qilganligi uchun ta’qibga uchraganligidan norozilik 2 ta (0,1%) va 12 ta (0,61%) turli masalalarda murojaatlar kelib tushdi.

Kelib tushgan murojaatlarning hududlar kesimida:

Toshkent shahar bo‘yicha 580 ta;

Qashqadaryo viloyati bo‘yicha 234 ta;

Surxondaryo viloyati bo‘yicha 156 ta;

Xorazm viloyati bo‘yicha 156 ta;

Toshkent viloyati bo‘yicha 151 ta;

Samarqand viloyati bo‘yicha 127 ta;

Farg‘ona viloyati bo‘yicha 105 ta;

Namangan viloyati bo‘yicha 89 ta;

Buxoro viloyati bo‘yicha 76 ta;

Jizzax viloyati bo‘yicha 76 ta;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 66 ta;

Andijon viloyati bo‘yicha 60 ta;

Navoiy viloyati bo‘yicha 42 ta;

Sirdaryo viloyati bo‘yicha 28 ta;

boshqa davlat 7 ta murojaat kelib tushgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan murojaatlar bilan ishlash borasidagi amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar aholi muammolarining yechimi topilishiga xizmat qilmoqda hamda murojaatlarda ko‘rsatib o‘tilayotgan korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqarayotgan omillarni tahlil qilgan holda ularni bartaraf qilish uchun tegishli chora-tadbirlarning ishlab chiqilishiga zamin yaratmoqda.

Other sections