Online appeal

Report of corruption

Cancel Report

2025-yil davomida kelib tushgan murojaatlarining ko‘rib chiqilishi bo‘yicha ma’lumot

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga 2025-yil davomida kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarining ko‘rib chiqilishi bo‘yicha
MA’LUMOT 

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xalq bilan muloqotini yo‘lga qo‘yish, murojaatlar bilan ishlashini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga 2025-yil davomida jami 5256 ta murojaat kelib tushgan. Shundan o‘tgan davr mobaynida 5248 ta murojaat ko‘rib chiqilishi ta’minlangan hamda 8 ta murojaat ko‘rib chiqilmoqda.

Ko‘rib chiqilgan murojaatlarni o‘rganish davomida vazirlik, idoralar va viloyat (tuman, shahar) hokimliklariga kiritilgan taqdimnoma va so‘rovlar natijasida 85 ta murojaat qanoatlantirilgan, 875 ta murojaatga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berilgan, 16 ta murojaat anonim deb topilgan, 3 ta ko‘rmasdan qoldirilgan, 11 ta ma’lumot uchun qabul qilingan, 538 ta takroriy murojaat ko‘rib chiqilishi belgilangan tartibda tugatilgan, 3 720 ta murojaat taalluqliligi bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga yo‘naltirilgan.

Kelib tushgan murojaatlarning 4 842 tasi jismoniy shaxslardan, 414 tasi yuridik shaxslardan, 1216 tasi yozma (22 tasi shaxsiy qabul orqali), 1 tasi og‘zaki, 3 585 tasi elektron, 455 tasi Call-markaz orqali og‘zaki ko‘rinishda kelib tushgan.

Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga, viloyat (tuman, shahar) hokimliklariga 89 ta so‘rovnoma yuborilgan, qonunbuzish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 78 ta taqdimnoma kiritilgan.

Murojaatlarni o‘rganish yuzasidan yuborilgan taqdimnoma va so‘rovlar ijrosini ta’minlash maqsadida 8 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan, shundan 1 nafar xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan, 7 ta jinoyat ishi, 15 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan. Davlat xaridlari, manfaatlar to‘qnashuvi, ishonch telefonlarini doimiy faoliyat yuritmasligi va boshqa masalalarda aniqlangan xato-kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilgan.

Mamlakatimizdagi ochiqlik siyosati tufayli, korrupsiyaga qarshi kurash mavzusi ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilayotganligi, fuqarolarda bu illatga toqatsizlikning aniq va ravshan shakllanayotganligi hamda davlat idoralari mas’ullari tomonidan sodir etilayotgan korrupsion holatlar ochiqlanishi natijasida Agentlikka kelib tushayotgan murojaatlarning soni ko‘payishi kuzatilmoqda. Jumladan, 2024-yil davomida Agentlikka kelib tushgan 4 176  ta murojaatlarni 2025 yil davomida kelib tushgan 5 256 ta murojaatlarga nisbatan solishtirganda, murojaatlar salmog‘i 25,9 foizga oshgan.

Agentlikka kelib tushayotgan murojaatlarning aksariyatida sud-huquq sohasidagi muammolar, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari va turli sohalarda korrupsiyaviy holatlarning yuz berayotganligi to‘g‘risida yozilgan murojaatlardan iborat.

Jumladan, 2025-yil davomida Agentlikka qo‘yidagi soha va yo‘nalishlar bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi:

 sud qarorlaridan noroziliklar 201 ta (%), shundan:

FIB sud qaroridan 110 ta(3,37%);

JIB sud qaroridan 54 ta (1,66%);

Iqtisodiy sud qarorlari 22 ta (0,67%);

MIB sud qaroridan 15 ta (0,46%);

- davlat ehtiyojlari, davlat buyurtmalari (davlat xaridlari, tanlovlar, auksionlar) 282 ta (5,36%);

- tergov harakatlaridan norozilik 281 ta (5,34%);

- tovlamachilik, firibgarlik, talon-taroj va qalbakilashtirish hatti-xarakatlarini norozilik yuzasidan 260 ta (5%);

- majburiy ijro byurosi xodimlarining xatti-harakatlaridan norozilik yuzasidan 252 ta (4,8%);

- ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlaridan noroziliklar yuzasidan 247 ta (4,7%);

- taʼlim sohasi xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan
247 ta (4,7%);

- boshqa davlat organlari xodimlarining noqonuniy
xatti-harakatlari va qarorlaridan norozilik yuzasidan
212 ta (4,03%);

- prokuratura xodimlarining xatti-harakatlaridan norozilik yuzasidan 197 ta(3,74%);

- yer maydonini o‘zboshimcha egallab olish, noqonuniy qurilish yuzasidan 186 ta (3,53%);

- tadbirkorlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan huquqbuzarliklar yuzasidan
170 ta (3,23%);

- sog‘liqni saqlash sohasi xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 170 ta (3,23%);

- qarz va yetkazilgan zararni undirish ijro hujjatlari bo‘yicha
168 ta (3,2%);

- kadastr xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 155 ta (3%);

- mahalliy hokimiyat xodimlarining xatti-harakatlari norozilik yuzasidan 142 ta (2,7%);

- ish bilan taʼminlash masalasi yuzasidan 141 ta (2,68%);

- tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish yuzasidan 116 ta (2,2%);

- qurilish sohasi xodimi xatti-harakatlaridan norozilik yuzasidan  104 ta (1,97%);

- sudyalarning xatti-harakatlari yuzasidan 97 ta (1,84%)

- davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi xodimlarining xatti-harakatlaridan noroziliklar yuzasidan 92 ta (1,75%);

- mahalliy hokimliklar faoliyatidan norozilik 81 ta (1,54%);

- surishtiruv va tergov xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 74 ta (1,4%);

- bank xodimlarining xatti-harakatlari norozilik yuzasidan
74 ta (1,4%);

- gaz tarmog‘i xodimlarining xatti-harakatlaridan norozik yuzasidan 65 ta (1,23%);

- xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati (XUJMSH) faoliyati yuzasidan 61 ta (1,16%);

- elektr taʼminoti xodimlarining xatti-harakatlaridan norozilik yuzasidan 60 ta (1,14%);

- murojaatlarning ko‘rib chiqilishini samarali tashkil etish to‘g‘risida 54 ta (1,02%);

- korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha taklif 53 ta (1%);

- pensiya yoki nafaqa tayinlash masalalari 52 ta (0,98%);

- rahbarlar va mansabdor shaxslar xatti-harakatlari va qarorlaridan noroziliklar yuzasidan 49 ta (0,93%);

- jamiyat hayoti bilan bog‘liq takliflar 45 ta (0,85%)

- yer ajratish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar to‘g‘risida 43 ta (0,81%);

- manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida 40 ta (0,76%);

- oilaviy masalalar yuzasidan 40 ta (0,76%);

- yo‘l patrul xizmati xodimlarining xatti-harakatlari 38 ta (0,72%);

- shaxsiy qabul 38 ta (0,72%);

- MFY raislari va xodimlari xatti-harakatlari 37 ta (0,7%);

- boshqa korxona va tashkilot rahbarlari faoliyati 35 ta (0,66%)

- sog‘liqni saqlash, moliya, raqamlashtirish, transport va boshqa soha tashkilotlari ishonch telefonlari faoliyati 34 ta (0,64 %)

- qurilish normalari va qoidalariga rioya etilishi yuzasidan
32 ta (0,60%);

- moddiy yordam (18 yoshdan kattalar uchun) va bolalar nafaqasi (18 yoshgacha bolalar uchun) 32 ta (0,60%);

- DSI xodimlarining xatti-harakatlaridan norozilik yuzasidan
31 ta (0,58%);

- hokim yordamchisining xatti-harakatlari yuzasidan 31 ta (0,58%);

- ichimlik suvi taʼminotidagi muammolar yuzasidan 28 ta (0,53%);

- shartnoma shartlarini bajarmaslik holati yuzasidan 28 ta (0,53%);

- murojaatni tugatish, ko‘rmasdan qoldirish yoki nazoratdan olish so‘rovlari 28 ta (0,53%);

- profilaktika inspektorlarining xatti-harakatlari 25 ta (0,47%);

- ijtimoiy himoya xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan
24 ta (0,45%);

- korrupsiya to‘g‘risida xabar 24 ta (0,45%);

- mehnat va bandlik sohasi xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 24 ta (0,45%);

- mehnat shartnomasining o‘zgartirilishi va bekor qilinishi  (ishdan asossiz chetlashtirish) 22 ta (0,41%);

- aliment undirish yuzasidan 21 ta (0,39%);

- advokatning xatti-harakatlaridan norozi 20 ta (0,38%);

- uy-joy bilan taʼminlash masalasi 15 ta (0,28%);

- notariuslarning xatti-harakatlaridan norozilik yuzasidan
14 ta (0,26%);

- aksiyadorlik jamiyatlari aksiya egalari huquqlarini himoya qilish maqsadida 13 ta (0,24%);

- ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni undirish yuzasidan
13 ta (0,24%);

- issiqlik tarmog‘i xodimlari xatti-harakatlaridan norozilik 12 ta (0,22%); 

- fan, madaniyat, sanʼat va sport sohasi xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 11 ta (0,2%);

- transport va yo‘lovchi tashish xizmatlari xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 10 ta (0,19%);

- daraxtlarning noqonuniy kesilishi yuzasidan 9 ta (0,17%);

- mol-mulkka qo‘yilgan taqiqni bekor qilish yuzasidan 9 ta (0,17%);

- adliya xodimlarining xatti-harakatlaridan norozilik yuzasidan 8 ta (0,15%);

- mazmunga ega emas murojaatlar 8 ta (0,15%);

- aloqa va axborot texnologiyalari xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 6 ta (0,11%);

- fuqarolarning uy-joyi buzilishi va kompensatsiya to‘lanilmayotganidan noroziliklar 5 ta (0,09%);

- DXX xodimlarining xatti-harakatlari norozilik yuzasidan
4 ta (0,07%);

- milliy gvardiya xodimlarining xatti-harakatlaridan
4 ta (0,07%)

- bojxona xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 3 ta (0,05%)

- mudofaa sohasi xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan
3 ta (0,05%)

- shaxsning ozodligi, shaʼni va qadr-qimmatiga qarshi noqonuniy harakatlar 3 ta (0,05%) va 42 ta (0,79%) turli masalalarda murojaatlar kelib tushdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan murojaatlar bilan ishlash borasidagi amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar aholi muammolarining yechimi topilishiga xizmat qilmoqda hamda murojaatlarda ko‘rsatib o‘tilayotgan korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqarayotgan omillarni tahlil qilgan holda ularni bartaraf qilish uchun tegishli chora-tadbirlarning ishlab chiqilishiga zamin yaratmoqda.

Other sections