Online appeal

Report of corruption

Cancel Report

2024 yil davomida kelib tushgan murojaatlarining ko‘rib chiqilishi bo‘yicha ma'lumot

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga 2024 yil davomida kelib tushgan jismoniy
va yuridik shaxslarning murojaatlarining
ko‘rib chiqilishi bo‘yicha
MA’LUMOT

 

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xalq bilan muloqotini yo‘lga qo‘yish, murojaatlar bilan ishlashini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga 2024 yil davomida jami 4 176 ta murojaat kelib tushgan. Shundan o‘tgan davr mobaynida 4 144 ta murojaat ko‘rib chiqilishi ta’minlangan hamda 32 ta murojaat ko‘rib chiqilmoqda.

Ko‘rib chiqilgan murojaatlarning 50 tasi ijobiy hal etilgan, 819 ta murojaatga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berish orqali qanoatlantirilgan, 12 ta murojaat anonim deb topilgan, 5 ta ko‘rmasdan qoldirilgan, 1 ta ma’lumot uchun qabul qilingan, 633 ta takroriy murojaat ko‘rib chiqilishi belgilangan tartibda tugatilgan, 2 624 ta murojaat taalluqliligi bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga yo‘naltirilgan.

Kelib tushgan murojaatlarning 3 863 tasi jismoniy shaxslardan, 313 tasi yuridik shaxslardan, 959 tasi yozma (12 tasi shaxsiy qabul orqali), 1 tasi og‘zaki, 2 823 tasi elektron, 393 tasi Call markaz orqali og‘zaki ko‘rinishda kelib tushgan.

Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga, viloyat (tuman, shahar) hokimliklariga 55 ta so‘rovnoma yuborilgan, qonunbuzish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 41 ta taqdimnoma kiritilgan.

Murojaatlarni o‘rganish natijasiga ko‘ra, Murojaatlarni o‘rganish natijasiga ko‘ra, 7 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan, shundan 1 nafar davlat idorasi xodimi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan, 19 ta qabul qilingan qarorlar bekor qilingan, 6 ta jinoyat ishi, 10 ta ma’muriy иш qo‘zg‘atilgan va mavjud xato-kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilgan.

Mamlakatimizdagi ochiqlik siyosati tufayli, korrupsiyaga qarshi kurash mavzusi ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilayotganligi, fuqarolarda bu illatga toqatsizlikning aniq va ravshan shakllanayotganligi hamda davlat idoralari mas’ullari tomonidan sodir etilayotgan korrupsion holatlar ochiqlanishi natijasida Agentlikka kelib tushayotgan murojaatlarning soni ko‘payishi kuzatilmoqda. Jumladan, 2023 yil davomida Agentlikka kelib tushgan 3 545 ta murojaatlarni 2024 yil davomida kelib tushgan 4 176 ta murojaatlarga nisbatan solishtirganda, murojaatlar salmog‘i 17,8 foizga oshgan.

Agentlikka kelib tushayotgan murojaatlarning aksariyatida sud-huquq sohasidagi muammolar, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari va turli sohalarda korrupsiyaviy holatlarning yuz berayotganligi to‘g‘risida yozilgan murojaatlardan iborat.

Jumladan, 2024 yil davomida Agentlikka qo‘yidagi soha va yo‘nalishlar bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi:

- sud qarorlaridan noroziliklar 398 ta (9,5%), shundan: Harbiy sud qaroridan 129 ta (3,1%);

FIB sud qaroridan 124 ta (3,0%);

JIB sud qaroridan 88 ta (2,1%);

Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sud qarorlari ustidan 28 ta (0,7%);

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi sud qarorlaridan 15 ta (0,4%);

MIB o‘yicha sud qarorlari ustidan 14 ta (0,3%);

- surishtiruv va tergovga qadar tekshirish harakatlari yoki qarorlaridan norozilik 260 ta (6,2%);

- poraxo‘rlik, tovlamachilik, firibgarlik, talon-taroj va qalbakilashtirish masalasida 232 ta (5,6%);

- tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish masalasida 215 ta (5,1%);

- yer ajratish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha 199 ta (4,8%);

- prokuratura xodimlarining xatti-harakatlaridan noroziligi yuzasidan 198 ta (4,7%);

- tergov harakatlaridan norozilik 196 ta (4,7%);

- davlat xaridlari masalasida 193 ta (4,6%);

ta’lim sohasi xodimlarining xatti-harakatlari va sohadagi qonunbuzilish holatlari bo‘yicha 190 ta (4,5%), shundan:

104 ta xalq ta’limi sohasida (2,5%);

51 ta oliy ta’lim sohasida (1,2%);

35 ta maktabgacha ta’lim sohasida (0,8%).

- majburiy ijro byurosi xodimlarining xatti-harakatlari va ijro hujjatlarning bajarilmayotganligi bo‘yicha 170 ta (4%);

- ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlari va qarorlaridan noroziliklar 151 ta (3,6%);

- kompensatsiya, pensiya, subsidiya, ijtimoiy himoya va moddiy yordam masalasida 145 ta (3,5%);

- sog‘liqni saqlash sohasidagi qonunbuzilish holatlari va tibbiyot xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 127 ta (3%);

- mahalliy hokimlik xodimlari va mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari va qarorlaridan noroziliklar 108 ta (2,6%);

- boshqa davlat organlari xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari va qarorlaridan norozilik yuzasidan 97 ta (2,3%);

- korrupsiya to‘g‘risida xabar 89 ta (2,1%);

- murojaatlarning ko‘rib chiqilishini samarali tashkil etish to‘g‘risida 88 ta (2,1%);

- xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati (XUJMSH) faoliyati 86 ta (2%);

- noqonuniy qurilish va qurilish masalasida 80 ta (2%);

- gaz-elektr va ichimlik suvi masalasida 78 ta (1,9%);

- kredit masalasida va bank xodimlari xatti-harakatidan noroziliklar 77 ta (1,8%);

- mehnat va bandlik sohasi xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 71 ta (1,7%);

- ish bilan ta’minlash masalasi 57 ta (1,4%);

- qarz va yetkazilgan zararni undirish ijro hujjatlari bo‘yicha 52 ta (1,2%);

- jamiyat hayoti bilan bog‘liq takliflar 50 ta (1,1%);

- ayrim davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining xatti-harakatlaridan noroziliklar masalasida 46 ta (1,1%);

- sudyalarning xatti-harakatlari yuzasidan 46 ta (1,1%);

- mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari va xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 45 ta (1%);

- kadastr xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 38 ta (0,9%);

- davlat soliq xizmati xodimlaridan norozilik masalasida 38 ta (0,9%);

- noqonuniy tadbirkorlarlik masalasida 37 ta (0,9%);

- uy-joy bilan ta’minlash masalasi 37 ta (0,9%);

- aliment pullarini undirish va oilaviy nizolar masalasida 27 ta (0,6%);

- manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida 20 ta (0,5%);

- aksiyadorlik jamiyatlari aksiya egalari huquqlari masalasida 10 ta (0,2%);

Agentlik rahbariyatining shaxsiy qabulini yuzasidan 9 ta (0,2%);

- shartnoma shartlarini bajarmaslik yuzasidan 7 ta (0,2%);

- agentlikka ishga kirish masalasida 7 ta (0,2%);

- agentlik rahbari qabuliga kirish masalasida 7 ta (0,2%);

- bojxona xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 7 ta (0,2%);

- davlat xizmatlari markazi xodimi xatti-harakatlari yueasidaн 6 ta (0,1%);

- mahalla ichki yo‘llarini qurish, ta’mirlash, shag‘allashtirish, asfaltlash yuzasidan 6 ta (0,1%);

- qishloq xo‘jaligi xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 6 ta (0,1%);

- transport va yo‘lovchi tashish xizmatlari xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 5 ta (0,1%);.

- korrupsiya to‘g‘risida takliflar 4 ta (0,09%);

- advokatning xatti-harakatlaridan norozi 4 ta (0,09%);

- FHDYO xodimlari xatti-harakatlaridan norozilik 3 ta (0,07%);

- mudofaa sohasi xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 3 ta (0,07%);

- adliya xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 2 ta (0,05%);

- aksiyadorlik jamiyatlari aksiya egalari huquqlari buyicha 2 ta (0,05%);

- moliya xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 2 ta (0,05%)

- elchixona xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 2 ta (0,05%);

- notariuslarning xatti-harakatlaridan norozilik yuzasidan 2 ta (0,5%) va 141 ta (3,4%) turli masalalarda murojaatlar kelib tushdi.

Kelib tushgan murojaatlarning hududlar kesimida:

Toshkent shahar bo‘yicha 1238 ta;

Toshkent viloyati bo‘yicha 630 ta;

Qashqadaryo viloyati bo‘yicha 449 ta;

Surxondaryo viloyati bo‘yicha 332 ta;

Samarqand viloyati bo‘yicha 289 ta;

Xorazm viloyati bo‘yicha 199 ta;

Namangan viloyati bo‘yicha 188 ta;

Farg‘ona viloyati bo‘yicha 169 ta;

Buxoro viloyati bo‘yicha 154 ta;

Jizzax viloyati bo‘yicha 134 ta;

Navoiy viloyati bo‘yicha 124 ta;

Andijon viloyati bo‘yicha 113 ta;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 93 ta;

Sirdaryo viloyati bo‘yicha 59 ta;

Chet eldan 5 ta murojaat kelib tushgan.

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan murojaatlar bilan ishlash borasidagi amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar aholi muammolarining yechimi topilishiga xizmat qilmoqda hamda murojaatlarda ko‘rsatib o‘tilayotgan korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqarayotgan omillarni tahlil qilgan holda ularni bartaraf qilish uchun tegishli chora-tadbirlarning ishlab chiqilishiga zamin yaratmoqda.

Other sections