Online appeal

Report of corruption

Cancel Report

2024-yil 1-chorakda murojaatlarning ko'rib chiqilishi bo'yicha ma'lumot

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga 2024 yilning 1-choragida kelib tushgan jismoniy
va yuridik shaxslarning murojaatlarining
ko‘rib chiqilishi bo‘yicha
MA’LUMOT

 

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan жismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xalq bilan muloqotini yo‘lga qo‘yish, murojaatlar bilan ishlashini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga 2024 yilning 1-choragida jami 1 073 ta murojaat kelib tushgan. Shundan o‘tgan davr mobaynida 1038 ta муrojaat ko‘rib chiqilishi ta’minlangan hamda 35 ta murojaat ko‘rib chiqilmoqda.

Ko‘rib chiqilgan murojaatlarning 12 tasi ijobiy hal etilgan, 212 ta murojaatga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berish orqali qanoatlantirilgan, 3 ta murojaat anonim deb topilgan, 234 ta takroriy murojaat ko‘rib chiqilishi belgilangan tartibda tugatilgan, 577 ta murojaat taalluqliligi bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga yo‘naltirilgan.

Kelib tushgan murojaatlarning 1 006 tasi jismoniy shaxslardan, 67 tasi yuridik shaxslardan, 201 tasi yozma, 788 tasi elektron, 84 tasi Call markaz orqali og‘zaki ko‘rinishda kelib tushgan.

Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga, viloyat (tuman, shahar) hokimliklariga 10 та so‘rovnoma yuborilgan, qonunbuzish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 6 ta taqdimnoma kiritilgan.

Murojaatlarni o‘rganish natijasiga ko‘ra, 1 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan, 1 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va mavjud xato-kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilgan.

Mamlakatimizdagi ochiqlik siyosati tufayli, korrupsiyaga qarshi kurash mavzusi ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilayotganligi, fuqarolarda bu illatga toqatsizlikning aniq va ravshan shakllanayotganligi hamda davlat idoralari mas’ullari tomonidan sodir etilayotgan korrupsion holatlar ochiqlanishi natijasida Agentlikka kelib tushayotgan murojaatlarning soni ko‘payishi kuzatilmoqda. Jumladan, 2023 yilning 1-choragida Agentlikka kelib tushgan 771 ta murojaatlarni 2024 yilning 1-choragida kelib tushgan 1 073 ta murojaatlarga nisbatan solishtirganda, murojaatlar salmog‘i 39,1 foizga oshgan.

Agentlikka kelib tushayotgan murojaatlarning aksariyatida sud-huquq sohasidagi muammolar, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari va turli sohalarda korrupsiyaviy holatlarning yuz berayotganligi to‘g‘risida yozilgan murojaatlardan iborat.

Jumladan, 2024 yil 1-choragida Agentlikka qo‘yidagi soha va yo‘nalishlar bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi:

- sud qarorlaridan noroziliklar 158 ta (14,7%), shundan:

Harbiy sud qaroridan 82 ta (78 tasi dublikat) (7,6%);

JIB sud qaroridan 20 ta (1,8%);

FIB sud qaroridan 27 ta (2,5%);

Ma’muriy sud qarorlaridan 13 ta (1,2%);

Iqtisodiy sud qarorlari 9 ta (0,8%);

MIB sud qaroridan 7 ta (0,6%);

- prokuratura organlari qarorlaridan noroziliklar va prokuratura organlariga qilingan murojaatlar hal bo‘lmayotganligi bo‘yicha 93 та (8,6%);

- surishtiruv va tergovga qadar tekshirish harakatlari yoki qarorlaridan norozilik 68 ta (6,3%);

- kompensatsiya, pensiya, subsidiya, ijtimoiy himoya va moddiy yordam masalasida 65 ta (22 tasi dulikat) (6%);

- tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish masalasida 64 ta (5,9%);

- poraxo‘rlik, tovlamachilik, firibgarlik, talon-taroj va qalbakilashtirish masalasida 50 ta (4,6%);

- ta’lim sohasi xodimlarining xatti-harakatlari va sohadagi qonunbuzilish holatlari bo‘yicha 43 ta (4%), shundan:

27 ta xalq ta’limi sohasida (2,5%);

12 ta maktabgacha ta’lim sohasida (1,1%);

4 ta oliy ta’lim sohasida (0,3%).

- ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlari va qarorlaridan noroziliklar 40 ta (3,7%);

- majburiy ijro byurosi xodimlarining xatti-harakatlari va ijro hujjatlarning bajarilmayotganligi bo‘yicha 40 ta (3,7%);

- yer ajratish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha 39 ta (3,6%);

- noqonuniy tadbirkorlarlik masalasida 37 ta (3,4%);

- davlat xaridlari masalasida 36 ta (3,3%);

- noqonuniy qurilish va qurilish masalasida 35 ta (3,2%);

- sog‘liqni saqlash sohasidagi qonunbuzilish holatlari
va tibbiyot xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan
31 ta (2,8%);

- kredit masalasida va bank xodimlari xatti-harakatidan noroziliklar 26 ta (2,4%);

- mehnat munosabatlari va ish haqi undirish yuzasidan 23 ta (2,1%);

- jamiyat hayoti bilan bog‘liq takliflar 20 ta (1,8%);

- mahalliy hokimlik xodimlari va mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari va qarorlaridan noroziliklar 20 ta (1,8%);

- ayrim davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining xatti-harakatlaridan noroziliklar masalasida 18 ta (1,6%);

- boshqa davlat organlari xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari va qarorlaridan norozilik 13 ta (1,2%);

- mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari va xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 13 ta (1,2%);

- gaz-elektr va ichimlik suvi masalasida 12 ta (1,1%);

- davlat soliq xizmati xodimlaridan norozilik masalasida 12 ta (1,1%);

- uy-joy masalasida 9 ta (0,8%);

- sudyalarning xatti-harakatlari yuzasidan 8 ta (0,7%);

- aliment pullarini undirish va oilaviy nizolar masalasida 7 ta (0,6%);

- agentlikka ishga kirish masalasida 7 ta (0,6%);

- korrupsiya to‘g‘risida xabar 6 ta (0,5%);

bojxona xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 5 ta (0,4%);

- agentlik rahbari qabuliga kirish masalasida 5 ta (0,4%);

- shartnoma shartlarini bajarmaslik bo‘yicha 5 ta (0,4%)

- qarz undirish masalasida 4 ta (0,3%);

- aksiyadorlik jamiyatlari aksiya egalari huquqlari masalasida 4 ta (0,3%);

- xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati (XUJMSH) faoliyatidan norozilik masalasida 4 ta (0,3%);

- kadastr xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 4 ta (0,3%);

- transport va yo‘lovchi tashish xizmatlari xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 3 ta (0,2%);

- davlat xizmatini ko‘rsatish tartibining buzilishi yuzasidan 2 ta (0,1%);

- mahalla ichki yo‘llarini qurish, ta’mirlash, shag‘allashtirish, asfaltlash yuzasidan 2 ta (0,1%);

- elchixona xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 2 ta (0,1%) va 40 ta (3,7%) turli masalalarda murojaatlar kelib tushdi.

Kelib tushgan murojaatlarning hududlar kesimida:

Toshkent shahar bo‘yicha 336 ta;

Toshkent viloyati bo‘yicha 130 ta;

Surxondaryo viloyati bo‘yicha 102 ta;

Qashqadaryo viloyati bo‘yicha 115 ta;

Samarqand viloyati bo‘yicha 84 ta;

Buxoro viloyati bo‘yicha 47 ta;

Xorazm viloyati bo‘yicha 45 ta;

Navoiy viloyati bo‘yicha 43 ta;

Namangan viloyati bo‘yicha 43 ta;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 27 ta;

Jizzax viloyati bo‘yicha 28 ta;

Farg‘ona viloyati bo‘yicha 27 ta;

Andijon viloyati bo‘yicha 26 ta;

Sirdaryo viloyati bo‘yicha 19 ta;

boshqa davlat 1ta murojaat kelib tushgan.

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan murojaatlar bilan ishlash borasidagi amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar aholi muammolarining yechimi topilishiga xizmat qilmoqda hamda murojaatlarda ko‘rsatib o‘tilayotgan korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqarayotgan omillarni tahlil qilgan holda ularni bartaraf qilish uchun tegishli chora-tadbirlarning ishlab chiqilishiga zamin yaratmoqda.

Other sections