Online appeal

Report of corruption

Cancel Report

2024 йилнинг 9 ойида келиб тушган мурожаатларининг кўриб чиқилиши бўйича МАЪЛУМОТ

Oʼzbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligiga 2024 yilning 9 oyida kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarining
koʼrib chiqilishi boʼyicha
MА'LUMOT

Oʼzbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xalq bilan muloqotini yoʼlga qoʼyish, murojaatlar bilan ishlashini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan keng koʼlamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligiga 2024 yilning 9 oyida jami 3 127 ta murojaat kelib tushgan. Shundan oʼtgan davr mobaynida 3 116 ta murojaat koʼrib chiqilishi taʼminlangan hamda

11 ta murojaat koʼrib chiqilmoqda.

Koʼrib chiqilgan murojaatlarning 37 tasi ijobiy hal etilgan, 629 ta murojaatga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berish orqali qanoatlantirilgan, 9 ta murojaat anonim deb topilgan, 2 ta koʼrmasdan qoldirilgan, 510 ta takroriy murojaat koʼrib chiqilishi belgilangan tartibda tugatilgan, 1 929 ta murojaat taalluqliligi boʼyicha tegishli vazirlik va idoralarga yoʼnaltirilgan.

Kelib tushgan murojaatlarning 2 905 tasi jismoniy shaxslardan, 222 tasi yuridik shaxslardan, 739 tasi yozma, 1 tasi ogʼzaki, 2119 tasi elektron, 256 tasi Call markaz orqali ogʼzaki, 12 tasi shaxsiy qabul koʼrinishda kelib tushgan.

Murojaatlarni koʼrib chiqish natijalari boʼyicha tegishli vazirlik va idoralarga, viloyat (tuman, shahar) hokimliklariga 34 ta soʼrovnoma yuborilgan, qonunbuzish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 24 ta taqdimnoma kiritilgan.

Murojaatlarni oʼrganish natijasiga koʼra, 2 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan, 2 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilgan, 3 ta jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan va 1 ta mehnat shartnomasini bekor qilish toʼgʼrisidagi mansabdor shaxsning qarori bekor qilingan hamda mavjud xato-kamchiliklarni bartaraf etish choralari koʼrilgan.

Mamlakatimizdagi ochiqlik siyosati tufayli, korruptsiyaga qarshi kurash mavzusi ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilayotganligi, fuqarolarda bu illatga toqatsizlikning aniq va ravshan shakllanayotganligi hamda davlat idoralari masʼullari tomonidan sodir etilayotgan korruptsion holatlar ochiqlanishi natijasida Аgentlikka kelib tushayotgan murojaatlarning soni koʼpayishi kuzatilmoqda. Jumladan, 2023 yilning 9 oyida Аgentlikka kelib tushgan 2 576 ta murojaatlarni 2024 yilning 9 oyida kelib tushgan 3 127 ta murojaatlarga nisbatan solishtirganda, murojaatlar salmogʼi 21,4 foizga oshgan.

Аgentlikka kelib tushayotgan murojaatlarning aksariyatida sud-huquq sohasidagi muammolar, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari va turli sohalarda korruptsiyaviy holatlarning yuz berayotganligi toʼgʼrisida yozilgan murojaatlardan iborat.

Jumladan, 2024 yil 9 oyida Аgentlikka qoʼyidagi soha va yoʼnalishlar boʼyicha murojaatlar kelib tushdi:

- sud qarorlaridan noroziliklar 326 ta (10,4%), shundan:

Harbiy sud qaroridan 129 ta (4,1%);

FIB sud qaroridan 90 ta (2,8%);

JIB sud qaroridan 61 ta (1,9%);

Maʼmuriy sud qarorlaridan 26 ta (0,5%);

Iqtisodiy sud qarorlari 20 ta (0,6%);

- surishtiruv va tergovga qadar tekshirish harakatlari yoki qarorlaridan norozilik 223 ta (7,1%);

- prokuratura organlari qarorlaridan noroziliklar va prokuratura organlariga qilingan murojaatlar hal boʼlmayotganligi boʼyicha 173 ta (5,5%);

- poraxoʼrlik, tovlamachilik, firibgarlik, talon-taroj va qalbakilashtirish masalasida 161 ta (5,1%);

- tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish masalasida 159 ta (5,1%);

- yer ajratish bilan bogʼliq huquqbuzarliklar boʼyicha 152 ta (4,9%);

- taʼlim sohasi xodimlarining xatti-harakatlari va sohadagi qonunbuzilish holatlari boʼyicha 139 ta (4,4%), shundan:

79 ta xalq taʼlimi sohasida (2,5%);

33 ta oliy taʼlim sohasida (1,0%).

27 ta maktabgacha taʼlim sohasida (0,9%);

- davlat xaridlari masalasida 137 ta (4,4%);

- kompensatsiya, pensiya, subsidiya, ijtimoiy himoya va moddiy yordam masalasida 126 ta (4,0%);

- majburiy ijro byurosi xodimlarining xatti-harakatlari va ijro hujjatlarning bajarilmayotganligi boʼyicha 120 ta (3,8%);

- tergov harakatlaridan norozilik 108 ta (3,4%);

- ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlari va qarorlaridan noroziliklar 99 ta (3,2%);

- sogʼliqni saqlash sohasidagi qonunbuzilish holatlari va tibbiyot xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 90 ta (2,9%);

- mahalliy hokimlik xodimlari va mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari va qarorlaridan noroziliklar 83 ta (2,6%);

- noqonuniy qurilish va qurilish masalasida 73 ta (2,3%);

- xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati (XUJMSh) faoliyatidan norozilik masalasida 71 ta (2,3%);

- korruptsiya toʼgʼrisida xabar 68 ta (2,2%);

- mehnat munosabatlari va ish haqi undirish yuzasidan 60 ta (1,9%);

- boshqa davlat organlari xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari va qarorlaridan norozilik 59 ta (1,9%);

- gaz-elektr va ichimlik suvi masalasida 59 ta (1,9%);

- kredit masalasida va bank xodimlari xatti-harakatidan noroziliklar 53 ta (1,7%);

- ayrim davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining xatti-harakatlaridan noroziliklar masalasida 46 ta (1,5%);

murojaatni koʼrib chiqishdagi qonunbuzilishlar toʼgʼrisida 44 ta (1,4%);

- jamiyat hayoti bilan bogʼliq takliflar 42 ta (1,3%);

- noqonuniy tadbirkorlarlik masalasida 37 ta (1,2%);

- davlat soliq xizmati xodimlaridan norozilik masalasida 36 ta (1,1%);

- mahalla fuqarolar yigʼinlari raislari va xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 36 ta (1,1%);

- qarz undirish masalasida 35 ta (1,1%);

- sudьyalarning xatti-harakatlari yuzasidan 27 ta (0,9%);

- kadastr xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 26 ta (0.8%);

- ish bilan taʼminlash masalasi 23 ta (0,7%);

- uy-joy masalasida 21 ta (0,7%);

- aliment pullarini undirish va oilaviy nizolar masalasida 15 ta (0,5%);

- manfaatlar toʼqnashuvi toʼgʼrisida 13 ta (0,4%);

- Аgentlik rahbariyatining shaxsiy qabulini yuzasidan 13 ta (0,4%);

- aktsiyadorlik jamiyatlari aktsiya egalari huquqlari masalasida 10 ta (0,3%);

- sud xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 8 ta (0,2%);

- agentlikka ishga kirish masalasida 7 ta (0,2%);

- kredit masalasida va bank xodimlari xatti-harakatidan noroziliklar 6 ta (0,2%);

- bojxona xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 5 ta (0,1%);

- transport va yoʼlovchi tashish xizmatlari xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 5 ta (0,1%);.

- shartnoma shartlarini bajarmaslik boʼyicha 5 ta (0,1%);

- mahalla ichki yoʼllarini qurish, taʼmirlash, shagʼallashtirish, asfalьtlash yuzasidan 4 ta (0,1%);

- qishloq xoʼjaligi xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 4 ta (0,1%);

- advokatning xatti-harakatlaridan norozi 4 ta (0,1%);

- FHDYo xodimlari xatti-harakatlaridan norozilik 3 ta (0,1%);

- davlat xizmatini koʼrsatish tartibining buzilishi yuzasidan 2 ta (0,06%);

- elchixona xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 2 ta (0,06%) va 110 ta (3,5%) turli masalalarda murojaatlar kelib tushdi.

Kelib tushgan murojaatlarning hududlar kesimida:

Toshkent shahar boʼyicha 958 ta;

Toshkent viloyati boʼyicha 471 ta;

Qashqadaryo viloyati boʼyicha 317 ta;

Surxondaryo viloyati boʼyicha 228 ta;

Samarqand viloyati boʼyicha 225 ta;

Xorazm viloyati boʼyicha 156 ta;

Namangan viloyati boʼyicha 135 ta;

Fargʼona viloyati boʼyicha 120 ta;

Jizzax viloyati boʼyicha 112 ta;

Buxoro viloyati boʼyicha 111 ta;

Navoiy viloyati boʼyicha 98 ta;

Аndijon viloyati boʼyicha 81 ta;

Qoraqalpogʼiston Respublikasi boʼyicha 65 ta;

Sirdaryo viloyati boʼyicha 47 ta;

Chet eldan 3 ta murojaat kelib tushgan.

Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan murojaatlar bilan ishlash borasidagi amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar aholi muammolarining yechimi topilishiga xizmat qilmoqda hamda murojaatlarda koʼrsatib oʼtilayotgan korruptsiyaviy holatlarni keltirib chiqarayotgan omillarni tahlil qilgan holda ularni bartaraf qilish uchun tegishli chora-tadbirlarning ishlab chiqilishiga zamin yaratmoqda.

Other sections