Online appeal

Report of corruption

Cancel Report

2024 yil 1- yarim yillikda murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha ma’lumot

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga 2024 yilning 1-yarim yilligida kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarining ko‘rib chiqilishi bo‘yicha
MA’LUMOT

 

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xalq bilan muloqotini yo‘lga qo‘yish, murojaatlar bilan ishlashini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga 2024 yilning 1-yarim yilligida jami 2 158 ta мurojaat kelib tushgan. Shundan o‘tgan davr mobaynida 2 124 ta murojaat ko‘rib chiqilishi ta’minlangan hamda 34 ta murojaat ko‘rib chiqilmoqda.

Ko‘rib chiqilgan murojaatlarning 24 tasi ijobiy hal etilgan, 438 ta murojaatga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berish orqali qanoatlantirilgan, 4 ta murojaat anonim deb topilgan, 1 ta ko‘rmasdan qoldirilgan, 387 ta takroriy murojaat ko‘rib chiqilishi belgilangan tartibda tugatilgan, 1 270 ta murojaat taalluqliligi bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga yo‘naltirilgan.

Kelib tushgan murojaatlarning 2 020 tasi jismoniy shaxslardan, 138 tasi yuridik shaxslardan, 305 tasi yozma, 1 tasi og‘zaki, 1 679 tasi elektron, 173 tasi Call markaz orqali og‘zaki ko‘rinishda kelib tushgan.

Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga, viloyat (tuman, shahar) hokimliklariga 19 ta so‘rovnoma yuborilgan, qonunbuzish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 13 ta taqdimnoma kiritilgan.

Murojaatlarni o‘rganish natijasiga ko‘ra, 2 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan, 2 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va 1 ta mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi mansabdor shaxsning qarori bekor qilingan hamda mavjud xato-kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilgan.

Mamlakatimizdagi ochiqlik siyosati tufayli, korrupsiyaga qarshi kurash mavzusi ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilayotganligi, fuqarolarda bu illatga toqatsizlikning aniq va ravshan shakllanayotganligi hamda davlat idoralari mas’ullari tomonidan sodir etilayotgan korrupsion holatlar ochiqlanishi natijasida Agentlikka kelib tushayotgan murojaatlarning soni ko‘payishi kuzatilmoqda. Jumladan, 2023 yilning 1-yarim yilligida Agentlikka kelib tushgan 1 562 ta murojaatlarni 2024 yilning 1-yarim yilligida kelib tushgan 2 158 ta murojaatlarga nisbatan solishtirganda, murojaatlar salmog‘i 38,2 foizga oshgan.

Agentlikka kelib tushayotgan murojaatlarning aksariyatida sud-huquq sohasidagi muammolar, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari va turli sohalarda korrupsiyaviy holatlarning yuz berayotganligi to‘g‘risida yozilgan murojaatlardan iborat.

Jumladan, 2024 yil 1-yarim yilligida Agentlikka qo‘yidagi soha va yo‘nalishlar bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi:

- sud qarorlaridan noroziliklar 231 ta (10,7%), shundan:

Harbiy sud qaroridan 114 ta (92 tasi dublikat) (5,2%);

FIB sud qaroridan 46 ta (2,1%);

JIB sud qaroridan 38 ta (1,7%);

Ma’muriy sud qarorlaridan 15 ta (0,6%);

Iqtisodiy sud qarorlari 10 ta (0,4%);

MIB sud qaroridan 8 ta (0,3%);

- surishtiruv va tergovga qadar tekshirish harakatlari yoki qarorlaridan norozilik 193 ta (8,9%);

- prokuratura organlari qarorlaridan noroziliklar va prokuratura organlariga qilingan murojaatlar hal bo‘lmayotganligi bo‘yicha 148 ta (6,8%);

- yer ajratish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha 108 ta (5,0%);

- poraxo‘rlik, tovlamachilik, firibgarlik, talon-taroj va qalbakilashtirish masalasida 108 ta (5,0%);

- tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish masalasida 107 ta (4,9%);

- kompensatsiya, pensiya, subsidiya, ijtimoiy himoya va moddiy yordam masalasida 102 ta (35 tasi dublikat) (4,7%);

- ta’lim sohasi xodimlarining xatti-harakatlari va sohadagi qonunbuzilish holatlari bo‘yicha 87 ta (4,0%), shundan:

49 ta xalq ta’limi sohasida (2,2%);

21 ta maktabgacha ta’lim sohasida (0,9%);

17 ta oliy ta’lim sohasida (0,7%).

- davlat xaridlari masalasida 76 ta (3,5%);

- ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlari va qarorlaridan noroziliklar 75 ta (3,4%);

- majburiy ijro byurosi xodimlarining xatti-harakatlari va ijro hujjatlarning bajarilmayotganligi bo‘yicha 70 ta (3,2%);

- sog‘liqni saqlash sohasidagi qonunbuzilish holatlari va tibbiyot xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 67 ta (3,1%);

- noqonuniy qurilish va qurilish masalasida 61 ta (2,8%);

- xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati (XUJMSH) faoliyatidan norozilik masalasida 61 ta (2,8%);

- mahalliy hokimlik xodimlari va mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari va qarorlaridan noroziliklar 54 ta (2,5%);

- mehnat munosabatlari va ish haqi undirish yuzasidan 48 ta (2,2%);

- ayrim davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining xatti-harakatlaridan noroziliklar masalasida 41 ta (1,8%);

- korrupsiya to‘g‘risida xabar 41 ta (1,8%);

- jamiyat hayoti bilan bog‘liq takliflar 38 ta (1,7%);

- kredit masalasida va bank xodimlari xatti-harakatidan noroziliklar 38 ta (1,7%);

- noqonuniy tadbirkorlarlik masalasida 37 ta (1,7%);

- boshqa davlat organlari xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari va qarorlaridan norozilik 36 ta (1,6%);

- qarz undirish masalasida 33 ta (1,5%);

- gaz-elektr va ichimlik suvi masalasida 33 ta (1,5%);

- davlat soliq xizmati xodimlaridan norozilik masalasida 29 ta (1,3%);

- mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari va xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 21 ta (0,9%);

- kadastr xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 18 ta (0,8%);

- sudyalarning xatti-harakatlari yuzasidan 17 ta (0,7%);

- uy-joy masalasida 14 ta (0,6%);

- aliment pullarini undirish va oilaviy nizolar masalasida 13 ta (0,6%);

- murojaatni ko‘rib chiqishdagi qonunbuzilishlar to‘g‘risida 12 ta (0,5%);

- aksiyadorlik jamiyatlari aksiya egalari huquqlari masalasida 10 ta (0,4%);

- sud xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 8 ta (0,3%);

- agentlikka ishga kirish masalasida 7 ta (0,3%);

bojxona xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 5 ta (0,2%);

- agentlik rahbari qabuliga kirish masalasida 5 ta (0,2%);

- shartnoma shartlarini bajarmaslik bo‘yicha 5 ta (0,2%);

- ish bilan ta’minlash masalasi 5 ta (0,2%);

- advokatning xatti-harakatlaridan norozi 4 ta (0,1%);

- transport va yo‘lovchi tashish xizmatlari xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 3 ta (0,1%);.

- kredit masalasida va bank xodimlari xatti-harakatidan noroziliklar 3 ta (0,1%);

- FHDYO xodimlari xatti-harakatlaridan norozilik 3 ta (0,1%);

- davlat xizmatini ko‘rsatish tartibining buzilishi yuzasidan 2 ta (0,09%);

- mahalla ichki yo‘llarini qurish, ta’mirlash, shag‘allashtirish, asfaltlash yuzasidan 2 ta (0,09%);

- elchixona xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 2 ta (0,09%) va 77 ta (3,5%) turli masalalarda murojaatlar kelib tushdi.

Kelib tushgan murojaatlarning hududlar kesimida:

Toshkent shahar bo‘yicha 709 ta;

Toshkent viloyati bo‘yicha 305 ta;

Qashqadaryo viloyati bo‘yicha 207 ta;

Surxondaryo viloyati bo‘yicha 173 ta;

Samarqand viloyati bo‘yicha 151 ta;

Xorazm viloyati bo‘yicha 100 ta;

Namangan viloyati bo‘yicha 84 ta;

Jizzax viloyati bo‘yicha 85 ta;

Buxoro viloyati bo‘yicha 75 ta;

Navoiy viloyati bo‘yicha 69 ta;

Farg‘ona viloyati bo‘yicha 76 ta;

Andijon viloyati bo‘yicha 48 ta;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 47 ta;

Sirdaryo viloyati bo‘yicha 28 ta;

boshqa davlat 1 ta murojaat kelib tushgan.

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan murojaatlar bilan ishlash borasidagi amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar aholi muammolarining yechimi topilishiga xizmat qilmoqda hamda murojaatlarda ko‘rsatib o‘tilayotgan korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqarayotgan omillarni tahlil qilgan holda ularni bartaraf qilish uchun tegishli chora-tadbirlarning ishlab chiqilishiga zamin yaratmoqda.

Other sections