Online appeal

Report of corruption

Cancel Report

2022 yil 9 oylik murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha ma'lumot

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga 2022 yil 9 oylikda kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarining ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

MA'LUMOT

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xalq bilan muloqotini yo‘lga qo‘yish, murojaatlar bilan ishlashini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga joriy yilning

9 oyligida  jami 1 733 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan

1 687 tasi ko‘rib chiqilishi ta'minlangan, hozirda 46 ta murojaat ko‘rib chiqilmoqda.

Shundan, 65 ta murojaat ijobiy hal etilgan, 595 ta murojaatga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berish orqali qanoatlantirilgan, 53 ta murojaat anonim deb topilgan, 19 ta takroriy murojaat ko‘rib chiqilishi belgilangan tartibda tugatilgan, 5 ta murojaat ma'lumot uchun qabul qilingan, 947 ta murojaat taalluqliligi bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga yo‘naltirilgan.

Kelib tushgan murojaatlarning 1 492 tasi jismoniy shaxslardan, 241 tasi yuridik shaxslardan, 1 259 tasi yozma, 195 tasi elektron, 279 tasi og‘zaki ko‘rinishda, shundan, 103 tasi Agentlik rahbariyatining shaxsiy qabulida, 75 tasi mas'ul xodimlarning qabulida, 101 tasi Call markaz orqali kelib tushgan.

Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga, viloyat (tuman, shahar) hokimliklariga 38 ta so‘rovnoma yuborilgan, qonunbuzish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 30 ta taqdimnoma kiritilgan.

Murojaatlarni o‘rganish natijasiga ko‘ra, 10 ta qonun hujjatlariga zid ravishda chiqarilgan hujjat bekor qilingan, Agentlik tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga asosan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan 8 ta jinoyat ishi, 4 ta ma'muriy javobgarlikka va 7 ta intizomiy javobgarlik to‘g‘risidagi ishlar qo‘zg‘atilgan va mavjud xato-kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilgan. Murojaatlarni o‘rganishda aniqlangan moliyaviy xato va kamchiliklar miqdori 30,9 mlrd. so‘mni tashkil qilgan.

Sohalar bo‘yicha:

Agentlikka kelib tushayotgan murojaatlarning aksariyatida

sud-huquq sohasidagi muammolar, mansabdor shaxslarning

xatti-harakatlari va turli sohalarda korrupsiyaviy holatlarning yuz berayotganligi to‘g‘risida yozilgan murojaatlardan iboratdir.

Jumladan, Agentlikka qo‘yidagi soha va yo‘nalishlar bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi:

- sud qarorlaridan noroziliklar 160 ta (9,5%), shundan:

JIB sud qaroridan 80 ta;

FIB sud qaroridan 46 ta;

Iqtisodiy sud qaroridan 21 ta;

Ma'muriy sud qarorlaridan 13 ta.

- ta'lim sohasi xodimlarining xatti-harakatlari va sohadagi qonunbuzilish holatlari bo‘yicha 135 ta (7,6%), shundan;

71 ta Xalq ta'limi sohasida;

34 ta Oliy ta'lim sohasida;

30 ta Maktabgacha ta'lim sohasida.

- davlat xaridlari va tender savdolari jarayonidagi qonunbuzilish holatlari bo‘yicha 107 ta (5,8%);

- agentlikka ishga kirish masalasida 104 ta (5,1%);

- ayrim xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining xatti-harakatlaridan noroziliklar masalasida 101 ta (5,8%);

- ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlari va qarorlaridan noroziliklar 99 ta (5,6%);

- mahalliy hokimlik xodimlari va mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari va qarorlaridan noroziliklar

92 ta (5,6%);

- er maydoni ajratilmayotganligi, yer nizolari va yer maydonlari talon-taroj bo‘layotganligi bo‘yicha 90 ta (5,3%);

- prokuratura organlari qarorlaridan noroziliklar va prokuratura organlariga qilingan murojaatlar hal bo‘lmayotganligi bo‘yicha 89 ta (5,5%);

- sog‘liqni saqlash sohasidagi qonunbuzilish holatlari va tibbiyot xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 69 ta (4,0%);

- qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar 59 ta (3,5%);

- majburiy ijro byurosi xodimlarining xatti-harakatlari va ijro hujjatlarning bajarilmayotganligi bo‘yicha 57 ta (3,4%);

- firibgarlik jinoyatlari yuzasidan 56 ta (3,3%);

- kredit masalasida va bank xodimlari xatti-harakatidan noroziliklar 54 ta (3,1%);

- davlat boshqaruvi xodimlarining xatti-harakatlaridan norozilik masalasida 54 ta (3,4%);

- tadbirkorlik masalasida 49 ta (2,7%);

- mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari va xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 44 ta (2,6%);

- noqonuniy qurilishlar masalasida 32 ta (1,9%);

- gaz masalasida 24 ta (1,4%);

- kadastr masalasida 22 ta (1,2%);

- mehnat qonunchiligining buzilishi holatlari bo‘yicha 22 ta (1,2%);

- tabiiy ofatlardan zarar ko‘rganlarga kompensasiya mablag‘larini undirish bo‘yicha 19 ta (1,2%);

- uy-joy va kommunal sohasidagi muammolar yuzasidan 16 ta (0,9%);

- shartnoma shartlarini bajarmaslik masalasida 14 ta (0,8%);

- agentlik rahbariyati qabuliga kirish masalasida 14 ta (0,8%);

- mahallalarda o‘tkazilgan saylovlar masalasida 12 ta (0,7%);

- elektr-energiyasi masalasida 11 ta (0,5%);

- soliq hodimlarining hatti-harakatidan noroziligi yuzasidan 10 ta (0,6%);

- moddiy yordam va moddiy zararni undirishga amaliy yordam berishni so‘rab 10 ta (0,6%);

- byudjet mablg‘larini talon taroj qilish masalasida 8 ta (0,4%);

- reyting baholashni  mustaqil amalga oshiruvchi ekspertlar guruhi tarkibiga kirish yuzasidan 7 ta (0,4%);

- advokatning xatti-xarakatlaridan norozilik masalasida 6 ta (0,3%);

- sport sohasidagi qonunbuzilish holatlari yuzasidan 6 ta (0,3%);

- pensiya masalasida 6 ta (0,3%);

- korrupsiyaga oid jinoyatlar 6 ta (0,3%);

- aliment undirnish masalasida 5 ta (0,3%);

- adliya organlari xodimlaridan norozilik 4 ta (0,2%);

- yo‘l ta'mirlash va transport sohasida 3 ta (1.1%);

- notariuslar xatti-harakati yuzasidan 2 ta (0,1%);

- xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati (XUJMSh) faoliyati masalasida 4 ta (0,1%) va 51 ta (4,1%) turli masalalarda murojaatlar kelib tushdi.

Hududlar bo‘yicha:

Respublikamizning turli hududlaridan 2022 yil 9 oyligida Korrupsiya qarshi kurashish agentligiga quyidagi tartibda murojaatlar kelib tushgan:

Toshkent shahar bo‘yicha 525 ta;

Toshkent viloyati bo‘yicha 203 ta;

Qashqadaryo viloyati bo‘yicha 157 ta;

Samarqand viloyati bo‘yicha 115 ta;

Namangan viloyati bo‘yicha 100 ta;

Farg‘ona viloyati bo‘yicha 91 ta;

Buxoro viloyati bo‘yicha 79 ta;

Andijon viloyati bo‘yicha 72 ta;

Navoiy viloyati bo‘yicha 69 ta;

Surxondaryo viloyati bo‘yicha 67 ta;

Sirdaryo viloyati bo‘yicha 66 ta;

Jizzax viloyati bo‘yicha 66 ta;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 60 ta;

Xorazm viloyati bo‘yicha 57 ta;

Chet eldan 6 ta murojaat kelib tushgan.

Other sections