“Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash va nazorat tadbirlarining shaffofligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 1-iyuldan boshlab "Yagona davlat nazorati" axborot tizimi va uning mobil ilovasi yangi imkoniyatlar bilan ishga tushiriladi.
Davlat xizmatchisi tadbirkorlik subyekti bilan qonunchilik talablari asosida va o‘z vazifasini bajarish uchun amalga oshirilgan muloqot asosli hisoblandi.
Ushbu holatlarga kirmaydigan hamda manfaatlar to‘qnashuvi yoki korrupsiyaviy xavf-xatarlarga olib keluvchi muloqot esa asossiz deb topiladi.
Muloqotning asosli yoki asossiz ekaniga baho berish tegishli davlat organining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi tomonidan amalga oshiriladi.
"Yagona davlat nazorati" axborot xizmatiga muloqot haqidagi maʼlumotlarni kiritish davlat xizmatchilarini uchun majburiy sanaladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Biznes ombudsman bilan birgalikda tizimga kiritilgan maʼlumotlarni doimiy monitoring qilib boradi, shuningdek, qonunchilikda belgilangan hollarda axborot huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi.
Ayni bir tadbirkorik subyekti bilan bir yil davomida ikki yoki undan ortiq marotaba asossiz muloqotga kirishgan davlat xizmatchisiga davlat organining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi va boshqa choralar ko‘riladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati