Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash masalalari yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi

Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlari uchun muntazam ravishda tashkil etilayotgan navbatdagi seminarda davlat organlari faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash amaliyoti haqida ma’lumot berildi.

Dastlab Agentlik vakillari tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashning huquqiy asoslari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.