“Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xakaton” g‘oliblari taqdirlandi

“Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xakaton” g‘oliblari taqdirlandi

Xabaringiz bor, Agentlik tomonidan IT-Park, "Yangi O‘zbekiston" universiteti va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ hamkorligida “Korrupsiyaga qarshi kurashish xakatoni” tashkil etilgan edi.

2-may kuni start berilgan xakaton bugun oʻz nihoyasiga yetdi. 3 kun mobaynida 150 ga yaqin yosh dasturchi o‘zaro bellashdi.

Final bosqichida jamoalarning loyihalari yuzasidan taqdimot va dasturiy mahsulotlari ekspertlar tomonidan baholandi.

Xakaton shartlariga ko‘ra, ishtirokchilar tomonidan ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda quyidagi yo‘nalishlarda oid yechimlar ishlab chiqildi:

- davlat xaridlari, sport,qurilish, moliya va sug‘urta tizimlarida korrupsiyaning oldini olish;

- korrupsiyaga qarshi kurashishga aholi va yoshlarni jalb etish;

- ochiq ma’lumotlar orqali korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan boshqa yondashuvlar.

Xakaton yakuniga ko‘ra quyidagi jamoalar gʻolib deb topildi:

1-o‘rin “Uzinfocom” (Davlat xaridlarida manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish);

2-o‘rin “Equilibrium” (Sun’iy intellekt yordamida manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash);

3-o‘rin “Austrum team” (“Xaj” va “Umra” ziyorat tadbirlarini tashkil etish jarayonlarini raqamlashtirish).

Tanlov g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

G‘olib jamoa joriy yilning sentabr oyida Gonkongda bo‘lib o‘tadigan Osiyo yoshlar korrupsiyaga qarshi kurashish xakatoni (“Coding4Integrity”)da O‘zbekiston nomidan ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati