Fuqarolik jamiyati institutlari o'rtasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi kichik grantlar tanlovi

Fuqarolik jamiyati institutlari o'rtasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi kichik grantlar tanlovi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va BMT Taraqqiyot dasturining Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan “O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi milliy ekotizimni mustahkamlash” qo‘shma loyihasi doirasida “Korrupsiyaga qarshi fuqarolik tashabbuslari: ishtirok, shaffoflik va yechimlar" nomli tanlov e’lon qilinadi.

Tanlovga fuqarolik jamiyati institutlarining quyidagi yo'nalishlar bo'yicha loyihalari qabul qilinadi:

- Fuqarolik jamiyatining normativ-huquqiy hujjatlar ijodkorligi va huquqiy tashabbuslarni rivojlantirishdagi ishtiroki-korrupsiyaning oldini olish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, muhokama qilish va takomillashtirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini kengaytirish;

- Raqamli yechimlar va shaffoflik vositalarini ishlab chiqish hamda joriy etish —shaffoflik, hisobdorlik va jamoatchilik nazoratini oshirish uchun raqamli texnologiyalardan foydalanish;

- Iqtisodiy faoliyatda halollikni va xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirishni qo‘llab-quvvatlash — xotin-qizlarning iqtisodiy faolligiga ta’sir ko‘rsatadigan sohalarda korrupsiya to‘siqlarini kamaytirish va shaffoflikni oshirish;

- Mahalliy darajada korrupsiyaga qarshi kurashish-mahallalar va mahalliy hamjamiyatlar miqyosida korrupsiya holatlarining oldini olishga qaratilgan loyihalar.

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori — 6000 AQSH dollarigacha.

Hujjatlar 2026-yilning 4-may kuniga qadar qabul qilinadi.

Tanlov shartlari haqida batafsil ma‘lumot bu yerda.

Eslatma: Talabgorlar ariza topshirishdan oldin grant tartib-qoidalari bilan tanishish, tanlov hujjatlarini to‘g‘ri rasmiylashtirish, shuningdek, huquqiy va moliyaviy savodxonlikni oshirishga oid axborot onlayn-sessiyalarda ishtirok etishi shart.

Onlayn sessiyalar sanasi va vaqti:

- 2026-yil 17-aprel kuni soat 15:00 da;

- 2026-yil 24-aprel kuni soat 10:00 da.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati