Hukumat a’zoligiga taqdim etilayotgan shaxslar hamda hokim lavozimiga nomzodlar endilikda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha shaxsiy rejalarini ham taqdim etadi
Hukumat a’zoligiga taqdim etilayotgan shaxslar hamda hokim lavozimiga nomzodlar endilikda o‘z faoliyat dasturlari bilan bir qatorda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha shaxsiy rejalarini ham taqdim etishi shart etib belgilandi.
Mazkur tartib 30-aprel kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining (O‘RQ–1142-son) Qonuni bilan ayrim qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar asosida joriy etildi.
Yangi norma Vazirlar Mahkamasi aʼzolari hamda hokimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi masʼuliyati va hisobdorligini oshirishga, shuningdek, ularning halollik tamoyillariga sodiqligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Mazkur yangilik 2026-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida “favqulodda holat” eʼlon qilinishi doirasida amalga oshirilayotgan tub institutsional islohotlarning mantiqiy va izchil davomidir.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati