Anti-Corruption Agency of the Republic of Uzbekistan
“Biznesda halollik” xalqaro forumi beş yildan buyon davlat idoralari, xalqaro taşkilotlar va biznes vakillari örtasida oçiq muloqot, muammolarni muhokama qiliş va ularga birgalikda yeçim topiş uçun muhim maydon bölib kelmoqda.

Forumning asosiy maqsadi — tadbirkor öz biznesini korrupsiyaga duç kelmasdan, teng raqobat şaroitida, öz mehnati va salohiyatiga tayanib rivojlantira oladigan muhitni şakllantiriş.

Bugungi forumda biznesda halollik va şaffoflikni taʼminlaş, korrupsiyaviy xavflarni kamaytiriş, Özbekistonda tadbirkorlik uçun yaratilgan imkoniyatlar va mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oşiriş masalalari muhokama qilindi.

Xalqaro taşkilotlar va xorijiy ekspertlar Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan “Korrupsiyasiz, halol va oşkora biznes” — “Toza biznes” milliy dasturini amalga oşiriş belgilanganini, şuningdek, joriy yil avgust oyida kiçik tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekşirişga uç yillik moratoriy joriy etilganini biznesni qöllab-quvvatlaş borasidagi muhim qadamlar sifatida eʼtirof etdi.

“Toza biznes” milliy dasturi doirasida esa:
Şuningdek, davlat organlari va taşkilotlarida korrupsiyaga qarşi menejmentni sertifikatlaştiriş, davlat xaridlarida sunʼiy intellekt orqali affillanganlik va manfaatlar töqnaşuvini avtomatik aniqlaş, korrupsiya haqida xabar bergan şaxslarni himoya qiliş orderi mexanizmlarini joriy etiş böyiça işlar amalga oşirilmoqda.

Forumning uç yönalişdagi sessiyalarida ham muhim masalalar kötarildi.
“2030-yilga borib Özbekiston biznesi: global kapital qanday talablar qöyadi?” mavzusidagi sessiyada xalqaro investorlar talablari, korporativ boşqaruv, komplayens va özbek kompaniyalarining jahon bozorlariga çiqiş imkoniyatlari muhokama qilindi.

“Biznesda halollik: zamonaviy muammolar va amaliy yeçimlar” sessiyasida esa korrupsiyaviy xavflarning oldini oliş, biznesning tizimli muammolarini bartaraf etiş va investorlar işonçini oşiriş masalalari körib çiqildi.

“Transçegaraviy savdoda halollik va şaffoflik” mavzusidagi uçinçi sessiyasida bojxona va transport sohalari vakillari iştirokida taşqi savdoda korrupsiyaviy xavflarni kamaytiriş, bojxona tartib-taomillarini raqamlaştiriş hamda logistika zanjirlari şaffofligini oşiriş masalalari eʼtibor markazida böldi.

Taʼkidlanganidek, tört yil avval Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi, Savdo-sanoat palatasi va Biznes-ombudsman hamkorligida işlab çiqilgan Özbekiston biznesining Korrupsiyaga qarşi kuraşiş xartiyasiga bugun mingdan ortiq biznes vakillari qöşilgan.

Forum doirasida Xartiyaga yangi kampaniyalarning qöşiliş marosimi bölib ötdi.

Forum yakunlari böyiça mahalliy va xorijiy biznes vakillari, ekspertlar bildirgan takliflar asosida tadbirkorlar faoliyatidagi byurokratik tösiqlar va korrupsiyaviy holatlarning oldini oliş böyiça yeçimlar işlab çiqiş, xalqaro va mahalliy hamkorlar bilan istiqboldagi vazifalar belgilab olindi.

Nufuzli tadbir Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi, Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Biznes-ombudsman devoni va Savdo-sanoat palatasi tomonidan BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatçilik böyiça boşqarmasi (UNODC), Yevropa Ittifoqining Özbekistondagi delegatsiyasi, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamda YXHT kömagida taşkil etildi.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi Axborot xizmati