2024-yilda soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalanish holatlari tahlil qilindi
Moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2024 yil 1 yarim yillik ijrosi yuzasidan hisobotiga muvofiq ushbu davrda davlat budjeti daromadlari 121 trln.so‘mni, xarajatlar 149,8 trln.so‘mni tashkil etgan.
Daromadlar bo‘yicha Soliq qo‘mitasi tomonidan 89,5 trln.so‘m (74%), Bojxona qo‘mitasi tomonidan 29,4 trln.so‘m (24,3%) tushumlar ta’minlangan bo‘lib, boshqa daromadlar va soliq bo‘lmagan tushumlar 16,3 trln.so‘mni tashkil etgan.
Shuningdek, qo‘shilgan qiymat solig‘idan manfiy farqni qoplash ham cash-back uchun 14,2 trln.so‘m pul mablag‘lari qaytarib berilgan.
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining daromadlari 147,2 trln so‘mni va xarajatlari 173,6 trln so‘mni tashkil etgan holda, davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari taqchilligi 26,3 trln so‘mni yoki YAIMga (yillik prognoz ko‘rsatkichi) nisbatan 1,9 foizni tashkil etgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6247-son Farmoniga asosan Soliq va Bojxona qo‘mitasi, shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan har chorakda Ochiq ma’lumotlar portali hamda rasmiy veb-saytida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlari bilan soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar, shu jumladan individual imtiyozlar berilgan subyektlar, ularning yakuniy benefitsiar jismoniy shaxslari, ularning to‘lagan soliqlari va moliyaviy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi axborotlarni ochiq e’lon qilib borish belgilangan.
Agentlik tomonidan Soliq va Bojxona qo‘mitalari tomonidan ochiq e’lon qilingan ma’lumotlar asosida soliq to‘lovchilarning 2024 yil 1 yarim yillik yakuni bo‘yicha soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalanish holatlari tahlil qilindi.
2024 yil 1 yarim yillik yakuni bo‘yicha foydalanilgan umumiy soliq va bojxona imtiyozlari qiymati 63,4 trln so‘mni (2023 yilda 127,1 trln so‘m) tashkil etgan.
Boshqa so‘z bilan ifodalaganda davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlar va berilgan imtiyozlar natijasida 63,4 trln so‘m mablag‘ korxona va tashkilotlar ixtiyoriga qoldirilgan.
1. Soliq imtiyozlari
Joriy yilning dastlabki 6 oyi davomida 132.059 ta tashkilot tomonidan soliq imtiyozlaridan foydalanilgan bo‘lib, imtiyoz summasi 39,0 trln so‘mni tashkil etgan.
Qo‘llanilgan soliq imtiyozlarining 82,2 foizi yoki 32,1 trln.so‘mi qo‘shilgan qiymat solig‘i (16 trln.so‘mi QQSdan nol darajali stavka) hisobiga to‘g‘ri keladi.
Qayd etish lozimki, qo‘shilgan qiymat solig‘i zanjirining yaxlitligi va uzluksizligini ta’minlash hamda tadbirkorlarga teng sharoitlar yaratish maqsadida imtiyozlar bosqichma-bosqich bekor qilinmoqda.
Xususan, “Soliq va budjet siyosatining 2024 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilingani munosabati bilan qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun”ga muvofiq 2024 yil 1 apreldan boshlab dori vositalari, tibbiyot va veterinariya buyumlarini, shuningdek, dori vositalari, tibbiyot va veterinariya buyumlarini ishlab chiqarish uchun xom ashyoni olib kirish va realizatsiya qilish aylanmasi, tibbiy va veterinariya xizmatlari uchun QQSdan berilgan imtiyozlar hamda aholiga suv ta’minoti, kanalizatsiya, sanitar tozalash va issiqlik ta’minoti sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun QQSning «nol» stavkasi ham bekor qilingan edi.
Prezident tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining soliq va bojxona imtiyozlarini berishni nazarda tutuvchi ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-140-son Farmoniga asosan 2025 yil 1 yanvardan yo‘lovchilarni yagona tariflar bo‘yicha tashish xizmatlarini ko‘rsatish aylanmasi hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari yagona ishtirokchisi hisoblangan yuridik shaxslar tomonidan realizatsiya qilinadigan tovarlar va xizmatlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar bekor qilinishi belgilandi.
Soliq imtiyozlaridan foydalangan tashkilotlar soni imtiyoz summasi kesimida:
1 mlrd so‘mgacha - 129.460 ta;
1-100 mlrd so‘mgacha - 2.560 ta;
100 mlrd–1 trln.so‘mgacha - 36ta;
1 trln so‘mdan ortiq bo‘lgan imtiyozdan foydalanganlar soni 3 tani tashkil etadi.
Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJ, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJ hamda bank-moliya tashkilotlaridan tashqari eng yirik imtiyozdan foydalangan tashkilotlar quyidagilar:
"UZBEKISTAN AIRWAYS" AJ - 881,4 mlrd.so‘m;
"COINPAY" MCHJ – 642,7 mlrd.so‘m;
"NAVOIYURAN" DK- 581,4 mlrd.so‘m;
"O‘ZBEKISTON TEMIR YO‘LLARI" AJ – 529,6 mlrd.so‘m;
"ASIA TRANS GAS" MCHJ – 453,7 mlrd.so‘m;
"UZAUTO MOTORS" AJ - 281,8 mlrd.so‘m;
"UZ-KOR GAS CHEMICAL" MCHJ QK – 224,3 mlrd.so‘m;
"KOBEA GROUP" MCHJ XK – 218,7 mlrd.so‘m;
"YAGONA UMUMRESPUBLIKA PROTSESSING MARKAZI" AJ-145,7 mlrd.so‘m;
"UZBEKISTAN AIRPORTS" AJ – 145,1 mlrd.so‘m;
"GRAND PHARM TRADE" MCHJ – 143,1 mlrd.so‘m;
"O‘ZBEKTELEKOM " AJ – 131,2 mlrd.so‘m;
"TOSHKENT KIMYO XALQARO UNIVERSITETI" MCHJ - 126, 6 mlrd.so‘m;
"O‘ZBEKISTON MILLIY ELEKTR TARMOQLARI" AJ- 121,4 mlrd.so‘m;
"PROCAB" MCHJ QK – 117,8 mlrd.so‘m;
"ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT XALQARO AEROPORTI" MCHJ - 116,9 mlrd.so‘m;
"AIR PRODUCTS NETHERLANDS GASES BV" DM- 111,3 mlrd.so‘m;
2. Bojxona imtiyozlari
Bojxona qo‘mitasi tomonidan ochiq e’lon qilingan ma’lumotlarga asosan 2024 yil 1 yarim yillik yakuni bo‘yicha 10.454 ta tashkilot tomonidan bojxona imtiyozlaridan (bojxoni yig‘imi, boji, aksiz va qo‘shilgan qiymat solig‘i) foydalangan bo‘lib, ularning umumiy qiymati 24,4 trln so‘mni tashkil etadi.
Shu jumladan, davlat ahamiyatiga molik loyihalar bo‘yicha - 4.9 trln so‘m, jismoniy shaxslar tomonidan – 91,3 mlrd.so‘m, chet davlatlarning vakolatxonalari va chet davlat diplomatik vakolatxonasining diplomatik agentlari tomonidan 49,1 mlrd so‘m qiymatidagi imtiyozlardan foydalanilgan.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJ hamda bank-moliya tashkilotlarini hisobga olmaganda eng yirik imtiyozdan foydalanuvchi tashkilotlar quyidagilar:
"UzGasTrade" – 1,07 трлн.so‘m;
"GORNO-RUDNIE TEHNOLOGII CA" МЧЖ – 438,6 mlrd.so‘m;
ИП ООО "SHAMOL ZARAFSHAN ENERGY"- 365,7 mlrd.so‘m;
ООО RWS Optimum - 353,6 mlrd.so‘m;
OOO "HOLOS" - 314,9 mlrd.so‘m;
АК "УЗБЕКТЕЛЕКОМ" – 300,6 mlrd.so‘m;
ИП ООО "ACWA POWER DZHANKELDY WIND"- 277,1 mlrd.so‘m;
СП ООО "BYD UZBEKISTAN FACTORY"- 274,4 mlrd.so‘m;
ИП ООО "ACWA POWER BASH WIND"- 273,8 mlrd.so‘m;
OOO "FIRST FRUITS" – 269,8 mlrd.so‘m;
"ENTER Engineering PTE.LTD" ПУ Алмалык – 266,7 mlrd.so‘m;
ООО "PANORAMA AIRWAYS" -240,2 mlrd.so‘m;
ПУ "ENTER Engineering PTE Ltd" - БАЙСУН ГПЗ – 203,9 mlrd.so‘m;
ООО "ALLIANCE HOLDING" – 201,8 mlrd.so‘m;
АО "Uzbekistan Airways"- 196,0 mlrd.so‘m;
ООО "ADM JIZZAKH" – 158,6 mlrd.so‘m;
Shuningdek 63 ta chet el yuridik shaxslarining O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasalari tomonidan 843,6 mlrd.so‘mlik bojxona imtiyozlaridan foydalanilgan.
(Ma’lumot uchun: Soliq kodeksining 36-moddasiga asosan chet el yuridik shaxsi O‘zbekiston Respublikasidagi tadbirkorlik faoliyatini to‘liq yoki qisman qaysi doimiy faoliyat joyida amalga oshirayotgan bo‘lsa, o‘sha joy chet el yuridik shaxsining O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi deb e’tirof etiladi)
Eng ko‘p bojxona imtiyozlaridan foydalangan chet el yuridik shaxslarining O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasalari quyidagilar:
207341143 "ENTER Engineering PTE.LTD" ПУ Алмалык- 266,7 mlrd.so‘m;
207302333 ПУ "ENTER Engineering PTE Ltd" - БАЙСУН ГПЗ- 203,9 mlrd.so‘m;
207350970 ПУ "NORTHEAST ELECTRIC POWER DESIGN INSTITUTE CO.LTD" - 50,3 mlrd.so‘m;
207340611 ПУ "ENTER Engineering Pte.Ltd" - 42,1 mlrd.so‘m;
207350734 ПУ TBEA Co. Ltd - 34,2 mlrd.so‘m;
207356851 ПУ "ENTER Engineering PTE Ltd" - 28,9 mlrd.so‘m;
207348703 ПУ "Ronesans Avrasiya Insaat Ticaret Anonim Sirkati"-23,3 mlrd.so‘m;
207306762 ПУ "China National Technical Import & Export Corporation" - 16,3 mlrd.so‘m;
207356488 ПУ "ENERGIYA NEFTEGAZOVOGO SERVISA" -14,2 mlrd.so‘m;
207360792 ПУ "TNG - Grupp"- 14,2 mlrd.so‘m;
207355648 ПУ"Xian Electric Engineering Company Limited"- 13,9 mlrd.so‘m;
207346792 ПУ "Greatwall Drilling Company" - 12,8 mlrd.so‘m;
207310442 Подрядчик "Eriell Oilfield Services Middle East DMCC" ПУ Байсун 0173 - 9,3 mlrd.so‘m;
207359910 Подрядчик "ERIELL Oilfield Services Middle East DMCC" ПУ Кандым ЛУОК - 8,6 mlrd.so‘m;
207343164 ПУ China National Electric Engineering CO., LTD- 8,1 mlrd.so‘m;
207346151 ПУ China Nuclear Industry 22 nd Construction Co,.Ltd - 7,8 mlrd.so‘m;
207349266 ПУ "SINOHYDRO CORPORATION LIMITED"- 7,3 mlrd.so‘m;
207360057 ПУ ООО "ТНГ-АЛГИС"- 7,1 mlrd.so‘m;
207346168 ПУ China Nuclear Industry 22 nd Construction Co,.Ltd- 6,7 mlrd.so‘m;
207357644 ПУ Mine construction Alliance s.r.o. Slepoy- 6,4 mlrd.so‘m;
207356528 ПУ "ENTER Engineering Pte. ltd." - АГНКС Гузар - 5,4 mlrd.so‘m;
207350780 ПУ "ENTER Engineering PTE. LTD" - 4,3 mlrd.so‘m;
207353469 ПУ "ENTER Engineering Pte.Ltd." - 4,2 mlrd.so‘m;
207356543 ПУ ENTER Engineering Pte. ltd. - 3,9 mlrd.so‘m;
207277150 ПУ "ENTER Engineering PTE. LTD" - 3,8 mlrd.so‘m;
207321230 ПУ "ENTER Engineering Pte.Ltd"- 3,6 mlrd.so‘m;
207349954 ПУ "LANKARAN YOL TIKINTI"- 3,2 mlrd.so‘m;
207359626 ПУ "ООО ИНТЕК"- 3,1 mlrd.so‘m;
207330046 ПУ НПО АЗЕРБАЙДЖАН- 2,7 mlrd.so‘m;
207350322 Подрядчик "ENTER Eпgineeriпg Pte. Ltd" ПУ МТО- 2,7 mlrd.so‘m;
3. Soliq hamda bojxona imtiyozlari
Bir vaqtning o‘zida ham soliq ham bojxona imtiyozlaridan foydalangan tashkilotlar soni 4.630 tani tashkil etib, qo‘llanilgan imtiyoz summasi 39,3 trln so‘mni tashkil etgan.
Qo‘llanilgan imtiyozlar summasi 100,0 mlrd.so‘mdan ortiq bo‘lgan soliq to‘lovchilar quyidagicha (mlrd.so‘mda):
STIR | Korxona nomi | Soliq imtiyozlari | Bojxona imtiyozlari | Jami imtiyozlar |
308425864 | "NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI" AJ | 5434,7 | 8,1 | 5442,8 |
202328794 | "OLMALIQ KON-METALLURGIYA KOMBINATI" AJ | 1288,7 | 344,3 | 1633,0 |
200836354 | TIF "O‘ZMILLIY BANK" AJ | 1276,3 | 189,6 | 1465,9 |
200242936 | "CHET EL KAPITALI ISHTIROKIDAGI "HAMKORBANK" ATB | 657,1 | 580,5 | 1237,6 |
309702449 | "UZGASTRADE" AJ | 36,4 | 1070,2 | 1106,6 |
306628114 | "UZBEKISTAN AIRWAYS" AJ | 881,4 | 196,0 | 1077,4 |
207243390 | "AGROBANK" ATB | 853,5 | 220,1 | 1073,6 |
200833707 | "O‘ZBEKISTON SANOAT-QURILISH BANK" ATB | 978,4 | 94,5 | 1072,8 |
207127843 | "KAPITALBANK" ATB | 851,0 | 0,8 | 851,8 |
202858483 | "IPOTEKA-BANK" ATIB | 799,8 | 0,6 | 800,5 |
207215726 | AT "XALQ BANKI" | 665,9 | 0,4 | 666,3 |
201051951 | "O‘ZBEKISTON TEMIR YO‘LLARI" AJ | 529,6 | 28,4 | 558,1 |
201589828 | "AKSIYADORLIK TIJORAT BANKI ASAKA" AJ | 509,6 | 0,3 | 509,9 |
206948470 | "ASIA TRANS GAS" MCHJ | 453,7 | 9,1 | 462,7 |
203366731 | "O‘ZBEKTELEKOM " AJ | 131,2 | 300,6 | 431,7 |
307335265 | "SHAMOL ZARAFSHAN ENERGY" MCHJ | 9,9 | 365,7 | 375,6 |
300078131 | "RWS OPTIMUM" MCHJ XK | 0,0 | 353,3 | 353,3 |
200244767 | "UZAUTO MOTORS" AJ | 281,8 | 35,4 | 317,2 |
202026213 | "HOLOS" MCHJ | 0,4 | 314,9 | 315,3 |
207302333 | ПУ "ENTER ENGINEERING PTD LTD" БАЙСУН ГПЗ | 85,5 | 203,9 | 289,5 |
206916313 | BIZNESNI RIVOJLANTIRISH BANKI AKSIYADORLIK TIJORAT BANKI | 244,2 | 30,4 | 274,6 |
310161998 | "BYD UZBEKISTAN FACTORY" MCHJ QK | 0,0 | 274,4 | 274,4 |
308678416 | "PANORAMA AIRWAYS" MCHJ | 32,4 | 240,2 | 272,7 |
311084626 | "FIRST FRUITS" MCHJ | 0,0 | 269,8 | 269,8 |
207341143 | DM"ENTER ENGINEERING PTE.LTD." | 1,7 | 266,7 | 268,4 |
303303592 | "GRAND PHARM TRADE" MCHJ | 143,1 | 116,1 | 259,3 |
300829145 | "UZ-KOR GAS CHEMICAL" MCHJ QK | 224,3 | 1,3 | 225,6 |
200542744 | "IPAK YO‘LI" AITB | 222,4 | 0,5 | 222,9 |
301374254 | "AZIA METALL PROF" MCHJ QK | 103,5 | 107,3 | 210,7 |
305861856 | "MEROS PHARM" MCHJ | 79,8 | 110,5 | 190,3 |
200829053 | "ALOQABANK" AJ | 183,8 | 2,9 | 186,8 |
207086151 | "ORIENT FINANS BANK" AJ | 168,7 | 8,2 | 176,9 |
307057209 | MCHJ ADM JIZZAKH | 16,5 | 158,6 | 175,1 |
306985993 | "MY FREIGHTER" MCHJ | 46,0 | 119,7 | 165,7 |
202099756 | "ANGLESEY FOOD" MCHJ XK | 78,6 | 79,7 | 158,2 |
203644820 | OCTOBANK AJ | 156,4 | 0,1 | 156,5 |
202042939 | "YAGONA UMUMRESPUBLIKA PROTSESSING MARKAZI" AJ | 145,8 | 6,1 | 151,9 |
306646884 | "UZBEKISTAN AIRPORTS" AJ | 145,2 | 0,8 | 146,0 |
203709707 | "DAVR-BANK" XATB | 140,2 | 0,4 | 140,7 |
302890356 | "PLATINUM TRADE GROUP" MCHJ | 0,0 | 129,5 | 129,5 |
305652539 | "TOSHKENT KIMYO XALQARO UNIVERSITETI" MCHJ | 126,6 | 2,8 | 129,4 |
306347741 | "O‘ZBEKISTON MILLIY ELEKTR TARMOQLARI" AJ | 121,4 | 7,3 | 128,6 |
302121267 | "PROCAB" MCHJ QK | 117,9 | 3,4 | 121,2 |
200640719 | "ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT XALQARO AEROPORTI" MCHJ | 117,0 | 0,9 | 117,9 |
200898934 | "TOSHKENT METROPOLITENI" DUK | 6,8 | 107,2 | 114,0 |
303502504 | MCHJ FARM LYUKS INVEST | 65,3 | 46,5 | 111,9 |
305499063 | "KDV UZB" MCHJ XK | 0,2 | 109,9 | 110,1 |
301305243 | "UZ TRUCK AND BUS MOTORS" MCHJ | 4,8 | 102,6 | 107,4 |
300346945 | "INTER FOOD PLUS" MCHJ | 0,0 | 105,4 | 105,4 |
200837914 | "O‘ZBEKNEFTGAZ" AJ | 58,5 | 43,4 | 101,9 |
308995046 | "BASFIBER TRADE" MCHJ QK | 0,8 | 100,9 | 101,7 |
Agentlik tomonidan ushbu yo‘nalishdagi ma’lumotlarning belgilangan muddatlarda ochiqlanishi doimiy ravishda o‘rganib borilmoqda.